Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslari 
qaysi qonunlarda keltirilgan?
2. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
qaysi 
moddasida fuqarolaming tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi 
berilgan?
3. Fuqarolar sog‘lig‘ini to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy 
vazifalari nimalardan iborat?
4. Sog‘liqni saqlashning asosiy pritsiplari?
5. Sog‘liqni saqlashning qanday tizimlari farqlanadi?
6. Qonunga muvofiq oilaning sog‘liqni saqlash borasida qanday 
huquqlari bor?
7. Qonunchilikda bemorlaming qanday huquqlari ko‘zda 
tutilgan?
8. Fuqarolar o‘z sog‘lig‘i haqida ma’lumot olishga bo'yicha 
qanday huquqlarga ega?
9. Tibbiy muolajalarga rozilik qanday olinadi?
10. Qaysi holatlarda fuqarolaming roziligisiz tibbiy yordam 
ko‘rsatilishi mumkin?
11. Fuqarolarga ko'rsatiladigan tibbiy-ij'timoiy yordamning 
turlari?
12. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining xususiyatlari?
13. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning huquqiy jihatlari?
14. Qanday kasalliklar ijtimoiy ahamiyatga molik?
15. Tibbiy ekspertizaning qanday turlari farqlanadi?
16. Tibbiy va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanishning 
huquqiy jihatlari?
17. Xususiy tibbiyot amaliyotida ko‘rsatiladigan yordamning 
sifati qanday nazorat qilinadi?
18. Qanday holatlarda fuqaro yoki uning qonuniy vakilining 
roziligisiz shifokor sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar berilishi 
mumkin?
19. Fuqarolaming sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplashning 
huquqiy jihatlari?


I ll Bob. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNl
SAQLASH TIZIMINI ISLOH QILISH
Mustaqillikning dastlabki davridan mamlakatda o‘tkaziladigan 
barcha islohotlaming ijtimoiy yo‘naltirilganlik tamoyili e’tirof 
qilindi. Binobarin, fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq 
masalalar davlatimizning hal etilishi kechiktirib bo‘lmaydigan, 
ustuvor vazifalaridan biridir.
0 ‘z vaqtida qator afzalliklarga ega bo‘lgan sobiq ittifoq 
davridagi sog‘liqni saqlash tizimi, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya 
yordamini ko‘rsatish bo‘g‘ini zamon talabiga javob bermay qo‘ydi. 
Xususan, yagona vrach-terapevt tomonidan birlamchi tibbiy- 
sanitariya yordami ko‘rsatiladigan uchastka-hududiylik tamoyili 
asosida shakllangan birlamchi bo‘g‘inga o‘tgan asming ikkinchi 
yarmida tor ixtisoslik mutaxassislari kiritila boshladi. Shahar va 
tuman markazlarida joylashgan uchastka tibbiy xizmati tizimlarida 
dastavval pediatr, akusher-ginekolog, ftiziatrlar, keyinchalik xirurg, 
nevropatolog, oftalbmolog va boshqa mutaxassislarga mo‘ljallangan 
ish o‘rinlari belgilandi. Shu bilan bir qatordaqishloqjoylaridamalakali 
mutaxassislarga ega bo‘lmagan kamquwat tibbiy muassasalar -
feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va 
qishloq uchastka kasalxonalari ko‘paya boshladi. Oqibat natijada 
joylarda ambulator-poliklinik yordamning lozim darajada samara 
bermaydigan asoslanmagan tarzda ulkan tizimi vujudga keldi. Bu 
tizimda malakali mutaxassislaming etarli emasligi, moliyalashtirish 
mexanizmining to iiq shakllanmaganligiga qaramay, ish о ‘rinlarining 
ko‘payishi o‘z navbatida sarf-harajatlaming haddan tashqari ortib 
ketishiga va, eng muhimi, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam 
sifatining pasayishiga olib keldi. Bunda aholi ehtiyojlariga mutanosib 
tibbiy yordam ko‘rsatishning aniq mezoni bo‘lmagan, tibbiyot 
xodimlari esa buning uchun kerakli malaka, manfaatdorlikka ega emas 
edilar. Oqibatda ambulatoriya, polikliknika sharoitida davolanishi 
mumkin bo‘lgan bemorlaming aksariyati kasalxonalarga yotqizilar


edi. Mazkur holat aholiga ma’lum bir noqulayliklar tug‘dirishi bilan 
bir qatorda, asossiz tarzda zamonaviy jihozlanmagan, malakali 
mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlanmagan kasalxonalarning soni va 
ulardagi bemorlar o ‘rinlarining ko‘payishiga olib kelgan.
Yuqorida keltirilganlami inobatga olgan holda mamlakatdagi 
sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat 
ko'rsatishning sifati va samaradorligini oshirish hamda bu sohaga 
yo‘naltirilgan mablag‘lardan omilkorlik bilan foydalanishga imkon 
beruvchi chora-tadbirlami amalga oshirish zarurati vujudga keldi.
Dastlabki yillarda onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, 
yuqumli kasalliklarni kamaytirish va epidemiologik vaziyatni 
barqarorlashtirish, ekologik muammolami hal qilish, kasal- 
xonalardagi bemor o ‘rinlarini kamaytirish, sog‘liqni saqlashga 
ajratilgan mablag‘larning samaradorligini oshirish uchun maqsadli 
qayta taqsimlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda 
sog‘liqni saqlashda boshqaruv tizimining detsentralizatsiyasi, 
sog‘liqni saqlash tizimidagi ayrim muassasalami davlat tasarrufidan 
chiqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.
Qishloq joylarida sogiiqni saqlash tizimini isloh etishda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 
25 mayda qabul qilingan “Qishloq infrastrukturasini ijtimoiy 
rivojlantirish dasturi haqida”gi 
182-son Qarori ahamiyatli 
dastlabki qadam bo‘ldi. Mazkur dasturga muvofiq feldsher- 
akusherlik punktlari, qishloq-vrachlik ambulatoriyalari va qishloq 
uchastka kasalxonalaridan iborat bo‘lgan eski ko‘p bosqichli tibbiy 
muassasalar tizimi o ‘miga etarli miqdorda zamonaviy jihozlar, 
tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan ta’minlangan 
qishloq vrachlik punktlarini qurish belgilangan. Shu bilan birga 
ushbu muassasalami umumiy tibbiy amaliyot tamoyillari bo‘yicha 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan vrach va hamshiralar bilan ta’minlash 
ko‘zda tutilgan.
Mamlakatda sogMiqni saqlash tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining


1998 yil 10 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “0 ‘zbekiston 
Respublikasida sogMiqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat 
dasturi” muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. 
Ushbu dasturda 1998-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimida 
amalga oshiriladigan islohotning kontseptsiyasi berilib, uning 
maqsadi, tamoyillari va vazifalari ko‘rsatilgan.
Dasturga muvofiq mamlakatda aholi sog‘lig‘ini saqlash 
va yaxshilash, sog‘lom avlodni tarbiyalash shart-sharoitlarini 
shakllantirish imkonini beradigan sog‘liqni saqlash tizimini yaratish 
islohotning maqsadi bo‘lib, u quyidagi tamoyillarga asosan amalga 
oshirilishi lozim:
- fuqarolaming malakali tibbiy xizmat va ijtimoiy himoya 
olish konstitutsion huquqlariga rioya qilish;
- ко‘rsatiladigantibbiy xizmatning barcha turlaridanaholining 
teng bahramandligi;
- aholi sog‘lig‘i va yashash muhitining holati ustidan davlat 
nazoratini ta’minlash;
- bozor printsiplari va mexanizmlarini tadbiq etish asosida 
sog‘liqni saqlash tizimini chuqur isloh qilish;
- onalik va bolalikni muhofaza etishning samarali tizimini 
yaratish;
- profilaktik sog‘liqni saqlashni ustuvor rivojlantirish, 
sog‘lom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug‘ullanishni keng ommalashtirish;
- bepul shoshilinch tibbiy yordamni ixtisoslashtirilgan va 
umumdavolash tibbiy muassasalarida bosqichma-bosqich pullik 
tibbiy xizmat ko‘rsatishga o‘tishni uyg‘un birga olib borish, tibbiy 
sug‘urta tizimini rivojlantirish;
- xususiy tibbiy amaliyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish;

aholi 
sog‘lig‘ini 
saqlashga yo‘naltirilgan byudjet 
mablag‘larining samaradorligi oshirish.
Dasturda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning quyidagi 
asosiy vazifalari belgilangan:


- aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining davlat 
tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini ta ’minlash;
- aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish tizimini 
mustahkamlash;
- davolash-profilaktika muassasalarini tashkillashtirish va 
joylashtirish tizimini mukammallashtirish, bosqichma-bosqich 
umumiy amaliyot vrachi tizimiga o‘tish;
- tibbiy xizmatlar bozori va sug‘urta tibbiyotini yaratish;
- davolash-profilaktika muassasalariga ko‘proq mustaqillik 
berish, soddalashtirish hisobiga sog‘liqni saqlash boshqaruv 
tizimining samaradorligini oshirish, sog'liqni saqlashda nodavlat 
sektori va xususiy vrach amaliyotini rivojlantirish;
- bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishda byudjet harajatlarining 
samaradorligini oshirish, aralash va xususiy moliyalashtirishning 
turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog‘liqni saqlashning moliya 
bazasini takomillashtirish;
- tarmoqni isloh qilishning m e’yoriy-huquqiy bazasini 
yaratish;
- tibbiy xodimlami tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb 
malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish;
- jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligi 
profilaktikasining turli shakllarini integratsiya qilish;
- xalqaro hamkorlik va tarmoqqa chet el investitsiya va 
texnologiyalarini jalb qilishni kengaytirish.
Ta’kidlash lozimki, islohotning kontseptsiyasiga binoan 
sog‘liqni saqlash moliya bazasini takomillashtirish vazifasi aholiga 
tibbiy xizmat ko‘rsatishda davlat byudjeti tomonidan qoplanadigan 
bepul xizmat va yuridik hamda jismoniy shaxslar mablag‘lari 
hisobiga pullik xizmatlami farqlash orqali amalga oshiriladi.
Dasturda tibbiy-sanitariya yordami doirasida quyidagi 
yo‘nalishlarda bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat tomonidan 
kafolatlanishi e’tirof qilingan:
- shoshilinch, shu jumladan tez tibbiy yordam ko‘rsatish;


- sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini va qator davlat / 
tizimidagi 
davolash-profilaktika muassasalarida, awalambor ( 
qishloq joylarda tibbiy yordam ko‘rsatish;
- aholini bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilarga xavf 
tug‘diruvchi kasalliklar (sil, onkologik, psixiatrik, narkologik, 
endokrin va kasb kasalliklari) hollarida ixtisoslashtirilgan tibbiy 
yordam ko‘rsatish;
- bolalami tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va davoldash (pullik 
kasalxonalardan tashqari);
- o ‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 
harbiy xizmat chaqiruvi yoshidagi shaxslami tekshiruvdan о ‘tkazish 
va davolash;
- tug‘ruqqa yordam berish xizmatlarini ko‘rsatish (pullik 
muassasalardan tashqari);
- turli imtiyozlarga ega bo‘Igan bemorlarni (nogironlar, urush 
faxriylari va etimlami) davlat davolash-profilaktika muassasalarida 
davolash
Binobarin mamlakat aholisigadavlattomonidan kafolatlangan 
bepul tibbiy-sanitariya yordamining turlari, ushbu yordamni 
ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati SogMiqni 
saqlash vazirligining tegishli buyruqlarida aniq keltiriladi.
Ayni paytda mazkur muassasalarda ba’zi hollarda, jumladan 
norezidentlaiga, korxona, tashkilot va muassasa xodimlarini 
dispanserizatsiyadan о‘tkazish, sog‘lomlashtirish yoki dekretiv 
kontingentni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ma’lum bir faoliyatga 
yaroqlilikni aniqlash bo‘yicha shartnoma asosida pullik tibbiy 
xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Zero ushbu kontingent vakillariga ham 
shoshilinch va tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatilishi lozim.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari quyidagi holatlarda ham 
davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan:
- davlat dasturlariga muvofiq profilaktika, tabiatni muhofaza 
qilish, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami


tashkil etish va o‘tkazish;

aralash 
moliyalashtirilgan 
dasturlar bo‘yicha davlat 
dotatsiyalarini ajratish;
- davlat grantlari doirasida tibbiy kadrlami tayyorlash;
- maqsadli milliy dasturlar bo‘yicha fundamental va ayrim amaliy 
ilmiy tadqiqotlami olib borish.
“0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh 
qilish Davlat dasturi”da ko‘zda tutilgan barcha vazifalaming ahamiyati 
va muhimligini e’tirof qilgan holda, islohotning ustuvor yo‘nalishlari 
sifatida quyidagilar belgilangan:
- yuqori samarali hammabop birlamchi tibbiy-sanitariya yordami 
tizimini tashkil etish;
- samarali shoshilinch tibbiy yordam tizimini yaratish;
- sog‘liqni saqlash muasasatarini moliyalashtirish tizimini 
takomillashtirish;
- sog‘liqni saqlash sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, 
barqaror va raqobatdosh nodavlat tarmog‘ini yaratish;
- onalar va bolalaiga tibbiy yordam ко ‘rsatishni takomillashtirish;
- tibbiy ta’lim va tibbiy xodimlami tayyorlash tizimini isloh 
qilish.
Ta’kidlash lozimki, davlat dasturida belgilangan barcha vazifalar 
kabi ustuvor sifatida e’tirof qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha chora- 
tadbirlaming barchasi o‘zaro chambarchars bog‘liq bo‘lib, ulami bir- 
biridan ajralgan, alohida holda hal qilib bo‘lmaydi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami barcha mamlakatlarda 
sog‘liqni saqlash tizimining negizi bo‘lib, fuqarolaming sog‘liqni 
saqlash tizimi bilan aloqasinining birinchi bo‘g ‘inidir. U 
tibbiy xizmatni aholi yashash va ish joylariga yaqinlashtirishni 
ta’minlaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini hamda Jahon oila 
vrachlarii tashkilotining m a’lumotlariga ko‘ra samarali hammabop 
birlamchi tibbiy yordam ко‘rsatish orqali aholining umuman tibbiy 
yordamga bo‘Igan ehtiyoji, murojaatlarining qariyib 90% ini 
qoniqtira oladi, ya’ni tashxis qo‘yilib, davolana oladi. Bu esa o ‘z


navbatida statsionar muassasalariga yotqizish, ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordam va yuqori texnologik, qimmatbaho tekshiruv 
usullaridan foydalanish zaruratini sezilarli darajada kamaytiradi. 
Pirovard natijada nisbatan kam sarf-harajatlar bilan aholining tibbiy 
yordamga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, tibbiy xizmatning yuqori 
samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Ilgari sogMiqni saqlashning birlamchi bo‘g ‘ini ko‘p 
pog‘onali bo‘lib, feldsherlik-akusherlik punkti, qishloq vrachlik 
ambulatoriyasi, qishloq uchastka kasalxonasi, tuman kasalxonasi 
va, nihoyat, tuman markaziy kasalxonasidan tashkil topgan edi. 
Mamlakatda umumiy soni o ‘n mingdan ziyod bo‘lgan ushbu 
muassasalami moliyalashtirish uchun sarflangan harajatlar behad 
katta bo‘lishigaqaramay,ulardako‘rsatilayotgan tibbiy yordamning 
sifati va samaradorligi talabga javob bermas edi. Shu sababli 
dasturga muvofiq birlamchi bo‘g ‘in tibbiy muassasalari tarmoqlari 
va strukturasini qayta tashkillashtirib, soddalashtirib, mavjud besh 
pog‘onali tizim о ‘miga qishloq vrachlik punktlari va tuman markaziy 
kasalxonalari, shaharlarda esa oilaviy poliklinika va tuman, shahar 
kasalxonalaridan iborat samarali ikki pog‘onali birlamchi tibbiy- 
sanitariya yordami tizimi yaratilishi belgilangan. Shuningdek, 
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida umumiy vrachlik 
amaliyotiga bosqichma-bosqich o ‘tish, qishloq vrachlik punktlari 
va oilaviy poliklinikalar moddiy-texnika bazasini mustakamlash, 
tibbiy kadrlami tayyorlash va ushbu muassasalaming boshqaruv 
hamda moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan o‘zgartirish 
ta’kidlangan.
Dasturga muvofiq mahalla qo‘mitalari bilan kelishilgan 
holda qishloq vrachlik punktlari va oila poliklinikalari tarkibida 
aholiga yaqinlashtirilgan va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishga 
mo‘ ljallangan mahalla vrachlik punktlarini tashkil etish mumkinligi 
ham nazarda tutilgan.
SogMiqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirishni 
takomillashtirish 
ushbu 
sohaga 
ajratilayotgan 
byudjet


mablag‘larining samaradorligini oshirish, xususiy va aralash 
moliyalashtirishning turli shakllarini rivojlantirish va tadbiq etish 
orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimida 
xalqaro hamkorlikni rivoilantirib, chet el investitsiyalarini jalb 
qilish ham ahamiyatlidir.
Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining mustaqilligini 
oshirish va boshqaruv tizimini soddalashtirish orqali samaradorligini 
ko‘tarish ko‘zda tutilgan. Xususan, dasturda birlamchi tibbiy- 
sanitariya yordami muassasalariga huquqiy va boshqaruv 
mustaqilligi berilishi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada 
yaxshilashga ulami rag‘batlantiradi.
Binobarin, samarali boshqaruvni ta ’minlash maqsadida 
qishloq vrachlik punktlari shtatiga yangi - moliyaviy menejer 
lavozimi kiritildi. Mazkur muassasa rahbari asosan davolash- 
profilaktika faoliyati va uning sifatiga javob bersa, moliyaviy 
menejer esa zahiralami rejalashtirish va taqsimlash, hisob-kitob va 
moliyaviy hisobot masalalari bilan shug‘ullanadi.
Awallari ambulatoriya-poliklinika muassasalariga xodimlar 
soni, muassasa xizmat qiladigan maydon, aholi tashriflari 
miqdoriga asosan moliya mablag‘lari ajratilib, bu muassasalarda 
tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga iqtisodiy rag‘bat 
yo‘q edi va aksariyat hollarda vrachlar bemorlarni shifoxonaga 
jo'natishni ma’qul ko‘rardilar, profilaktik tadbirlarga etarli e’tibor 
bermas edilar. Dasturga binoan tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi 
soniga asoslangan yangi moliyalashtirish tizimi joriy qilinadi. 
Jon boshiga moliyalashtirish birlamchi tibbiy-sanitariya yordami 
muassasalariga teng huquq asosida, ularga biriktirilgan har bir kishi 
uchun belgilangan yagona me’yorga ko‘ra moliya mablag‘larini 
taqsimlashni anglatadi. Zotan xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni, 
uning zichligi, jinsi va yoshi bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsientlar 
qo‘llaniladi. Jumladan, tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar 
boshqalarga nisbatan tibbiy yordamga ko‘proq murojaat qilishi 
sababli, mablag‘ning ko‘p qismi ular uchun ajratiladi.


Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish dasturida printsipial 
jihatdan yangi, bir butun zamonaviy shoshilinch tibbiy yordamini 
barpo etish ko‘zda tutilgan edi. Hozirgi kunda Respublika 
shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, viloyat markazlarida 
uning filiallari va tuman, shaharlarda esa bo‘limlari faoliyat 
ko'rsatmoqda. Bu tizim barcha bo‘g ‘inlarida shoshilinch yordam 
ko'rsatishga m oijallangan statsionar klinik tuzilmalarni, tez tibbiy 
yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmatlarini o ‘z ichiga oladi. 
Qonunchilikda kafolatlangan fuqarolarga shoshilinch, tez tibbiy 
yordam asosan mazkur tizim tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Dastuming yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri uzluksiz 
kasbiy rivojlanish va tibbiy ta’lim kontseptsiyasini yaratish orqali 
vrach, o ‘rta tibbiy xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash 
tizimini isloh etishdir. Xususan, oliy tibbiy ta’lim ikki bosqichdan 
iborat bo‘lib, birinchi bosqich - bakalavriaturada umumiy amaliyot 
shifokorlari tayyorlansa, tegishli tibbiyot sohalari mutaxassislari 
ikkinchi bosqichda - magistratura orqali tayyorlanadi. Shuningdek, 
vrachlaming diplomdan so‘nggi uzluksiz kasbiy tayyorgarligiga 
alohida e ’tibor qaratilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali о ‘rtatibbiy xodimlami 
tayyorlash maqsadida zamonaviy jihozlangan tibbiyot kollejlari 
barpo etildi, tibbiyot oliy o ‘quv yurtlarida esa oliy m a’lumotli 
hamshiralami tayyorlash fakulbtetlari tashkil etildi.
Uzluksiz tibbiy ta’lim kontseptsiyasini amalga oshirishda 
tibbiyot 
va 
farmatsevtika 
xodimlarini 
litsenziyalash 
va 
attestatsiyadan o‘tkazish masalasini hal qilish zarur. Shu sababli 
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida vrach va farmatsevtlami 
litsenziyalash va attestatsiya Markazi tashkil etildi.
Dasturga binoan sog‘liqni saqlash sohasida raqobatdosh 
xususiy tizimni shakllantirish va rivojlantirish yangi xususiy 
davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etilishi, davlat tizimiga 
qarashli ayrim muassasalami xususiylashtirish, xususiy tibbiy 
amaliyotni yanada kengaytirish orqali amalga oshiriladi. Zero,


bunda davlat tomonidan kafolatlangan hammabop bepul tibbiy 
yordam ko‘rsatilishi printsipi buzilmasligi lozim. Shuningdek, 
dasturda xususiy va aralash moliyalashtirilgan nodavlat tibbiyot 
muassasalari o‘z faoliyatining 20% ga qadar hajmida Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro ‘yxat bo‘yicha imtiyozli 
bemorlar guruhiga bepul xizmat ko‘rsatishlari ta ’kidlangan.
2003 yil 26 fevralda chiqarilgan “Sog‘liqni saqlash 
tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to ‘g‘risida 
“0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni islohotning 
ikkinchi bosqichining boshlanganligini belgiladi. Ushbu bosqichda 
ilg‘or chet el tajribasini inobatga olgan holda mamlakatda aholiga 
yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan, 
zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan 
klinika va tibbiy markazlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan, 
Farmonga ko‘ra tajriba tariqasida dastlab jarrohlik, urologiya, 
kardiologiya va ko‘z mikroxirugiyasi respublika ixtisoslashtirilgan 
markazlari tashkil etilgan. Ayni shu Farmonga muvofiq respublika 
ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz va klinikalari faoliyatini tashkil 
etish va moliyalashtirish tartibi to ‘g ‘risida Nizom ishlab chiqilgan.
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish va 
rivojlantirishda2007 yil 19 sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini 
isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat 
dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to ‘g ‘risida” 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni muhim o ‘rin 
tutadi. Mazkur Farmonga binoan sog‘liqni saqlash tizimini isloh 
qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilar keltirilgan:
-yagona tashkiliy-uslubiy 
rahbarlikni hamda aholiga 
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati nazoratini ta’minlaydigan 
sog ‘ liqni saqlashning zamonaviy tashkiliy tuzilmasini shakllantirish;
-zamon talabiga mos jihozlangan, malakali mutaxassislarbilan 
ta’minlangan hamda aholiga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik 
tibbiy yordam ko‘rsatadigan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-


amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘ini yanada kengaytirish va 
shunday yangi markazlar tashkil etish;
-tibbiy diagnostika tizimini tubdan takomillashtirish, 
respublika hududida zamonaviy, xalqaro standartlarga mos bo‘lgan 
uskunalar bilan jihozlangan hamda yuqori malakali mutaxassislar 
bilan ta’minlangan tibbiy diagnostika xizmatlari tarmog‘ini keng 
rivojlantirish;
-aholini yuqumli kasalliklardan himoya qilish, OIVAOITS 
kasalligining oldini olish tizimi samaradorligini va ishonchliligini, 
avvalo, zararlanish manbalarini profilaktika qilish va tugatishga 
qaratilgan chora -tadbirlar hisobiga oshirish;
-ayollar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, bo‘lg‘usi onalar 
sog‘lig‘i holati ustidan nazorat qilish sifatini tubdan oshirish, 
skrining-markazlar, bolalar va tug‘ruq muassasalarining moddiy- 
texnika bazasini, ayniqsa qishloq joylarda, yanada rivojlantirish va 
mustahkamdash;
-tibbiyot muassasalarining umumiy amaliyot shifokorlari va 
tor ixtisoslar bo‘yicha shifokorlarga nisbatan talab-ehtiyojlarini 
inobatga olgan holda kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash 
tizimini takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va 
kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart- sharoitlami 
ta’minlash;
-zamonaviy talablarga mos jihozlangan, yuqori malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlangan va aholiga tasdiqlangan 
standartlarga 
muvofiq 
ravishda 
sifatli, 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiy xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot muassasalarini 
rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ayni shu Farmonda yangi oltita respublika ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining tashkil etilishi ko‘zda tutilgan 
edi. Unga binoan akusherlik va ginekologiya, pediatriya, terapiya 
va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya 
va pulbmonologiya, endokrinologiya markazlari tashkil etildi.
Albatta, aholining ixtisoslashgan tibbiy yordamga bo‘Igan


ehtiyojini to‘liq qondirish uchun keyinchalik yuqorida qayd etilgan 
markazlar tajribasiga tayangan holda sog‘liqni saqlashning boshqa 
sohalari bo‘yicha ham yangi ixtisoslashtirilgan markazlar tashkil 
etiladi.
Mazkur 
Farmonda 
mamlakatda 
sog‘liqni 
saqlash 
muassasalari tashkiliy tizimini takomillashtirishga doir muhim 
o ‘zgarishlar o‘z aksini topgan. Jumladan, viloyat shifoxonalari 
va alohida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari negizida 
davolashning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, terapiya, 
kardiologiya, urologiya va shu kabilar) bo‘yicha tibbiy xizmat 
ko‘rsatuvchi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, viloyat 
bolalar tibbiyot muassasalari negizida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli 
tibbiyot markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida hamda viloyat 
markazlarida pullik asosda faoliyat yuritadigan tibbiy diagnostika 
markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari markaziy tuman (shahar) shifoxonalari, 
tegishli hududlardagi bolalar va kattalar poliklinikalari negizida 
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tashkil etilib, ularning 
zimmasiga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga 
profilaktika, sanitariya-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish hamda 
sog‘liqni tiklashga oid tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam berish vazifalari 
yuklangan.
Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalari 
faoliyatini bosbqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning 
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq vazifalar 2007 yil 2 
oktyabrdaqabul qilingan “Respublikatibbiyotmuassasalari faoliyati 
tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida” 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida berilgan.
Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotning pirovard 
maqsadi aholining bare ha qatlamlarining malakali tibbiy xizmatdan 
foydalana olish huquqini ta’minlashdir. Zero, bor imkoniyat, 
resurslardan samarali foydalanish, tibbiyot xodimlarining yuqori


kasb tayyorgarligi, aholining tibbiy yordamga bo ‘Igan ehtiyojini о ‘z 
vaqtida qondirish va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatning samaradorligiga 
erishish ushbu vazifani lozim darajada, sifatli bajarishdagi zaruriy 
shartlardir.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin