Osiyo xalqaro universiteti tarix s6 guruh talabasi sharilloyev otabekning



Yüklə 66,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#181487
  1   2   3   4   5
mustaqil ishlar O\'zbekiston tarixi1



 
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI 
TARIX S6 GURUH TALABASI 
SHARILLOYEV OTABEKNING 
O‘ZBEKISTON TARIXIDAN
MUSTAQIL ISHI
 
 
 


Turk xoqonligi davrida 
O‘rta Osiyo
 


Reja: 
1.
 
6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga 
qadar mintaqa.
 
2.
 
580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar.
 
3.
 
Turk xoqonligining boshqaruvi.
 


6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga 
kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar 
va Jujanlar davlati hukm surardi. 
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish 
turkiy 
Ashina
 qabilasi esa bu paytda Oltoy 
toglarining janubiy. yon bagʻirlarida istiqomat qilar 
va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qoʻl 
ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele 
qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu 
tariqa ogʻaini 
Bumin
 va Istami 552 y. Turk 
xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb 
eʼlon qiladi (qarang 
Bumin
 xoqon, 
Istami xoqon
). 
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning 
shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan 
(qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul 
qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham 
Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 
555 yildayoq Sharqiy Turkistonning 
katta qismi Turk 
xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi. 


580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj 
oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan 
soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq 
Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari 
(Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi 
Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi 
xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv 
boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi. 
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk 
xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) 
imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga 
yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini 
qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk 
xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, 
uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi 
xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey 
qabilalarini, Jan. Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda 
Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, 
Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy 
manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, 
asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 
yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan 
soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam 
boʻlib qoladi. 


Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari 
qatoriga qoʻshishda xoqonlar 
Bumin
 (551-
552), 
Mugʻon
 (553572), 
Taspar
 (572—581), 
Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), 
Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 
691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—
716), 
Bilga
 (716—734) va bosh 
vazir 
Toʻnyuquq
 (680—726), 
shahzoda 
Kultegin
 (Koʻl Tegin) (684—731) 
hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi 
hukmdorlari 
Istami
 
yabgʻu
 (552576), 
Tardu
 (57
6603), 
Tun yabgʻu
 (618—630) kabilar muhim 
rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi 
tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya 
kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi 
yurishlar uyushtiriladi
.


Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud 
edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda 
mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular 
xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va 
viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan 
x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati. 
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda 
tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu 
yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, 
Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, 
Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, 
Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. 
Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi 
qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, 
Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k. 



Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin