Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi „Oltu Chub Sugʻdaq“ oʻlkasiga, 703 yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg., 1YI yilda oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey