ikki etapda o’tishi aniqlangan. 1. Niratni ( NO3 ni) nitritgacha (NO2 gacha) nitratreduktaza fermenti katalizlab ikkita elktron ko’chishi bilan reaksiya boradi. 2. Nitritni (NO2) ammiakgacha (NH+ 4) nitritreduktaza katalizlab, 6 ta elektron ko’chishi bilan reaksiya boradi. Jarayonni umumiy reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: NO3----------- 2e ----------NO2--------- 6e- -----------NH+ 4 nitratreduktaza nitritreduktaza Nitratreduktaz fermenti katalizlaydigan nitrat reduksiyasini birinchi etapi tegishli tenglama orqali amalga oshadi NO3 + NAD( P)H + H+ --- 2e- -- NO2 + HAD(P) + H2O Zamburug’lar va ko’k yashil suv o’tlari NO3 reduksiyasida elektron donor sifatida qaytarilgan NADFH dan foydalanishi mumkin. Yuqori o’simliklarni fermenti NADH ga o’xshaganligi Sababli, glikoliz va Krebs sikli uni manbasi va donori hisoblanadi. Nitratlar reduksiyasining birinchi etapida hosil bo’lgan nitritlar o’simlikda to’planmaydi, ularni nitritreduktaza fermenti tezlik bilan ammikgacha qaytaradi. Bu fermentning faolligi nitratreduktazaga qaraganda 5-2O marta yuqori, shuning uchun umumiy jarayonda nitratlar reduksiyada NO2 hosil bo’lishiga olib boruvchi birinch etap reaksiyasi dominant hisoblandi.. Nitritreduktaza elektronlar donori sifatida qaytarilgan ferredoksindan foydalanadi. Uni katalizlovchi reaksiya quyidagicha: NO2 + FD qaytaril + 8H + --- 6e- --- NH+ 4+6FDokisdlagan + 2H2O Nitrireduktaza nisbatan past molekulali modda bo’lib uning molekulyar og’irligi Mr 60-70 kD. 600 ta aminokislota qoldig’ini o’z ichiga oladi. Ferment tarkibida temirporfirinli prostetik gruppa tutadi (u sulfitreduktaz komponenti ham) va temir ko’rinishidagi klaster 4Fe4S (sulfitreduktaza klasteri ham hisoblanadi). Oltita elektronni bitta ferment katalizlashi aniqlangan, NO2 ni NH+ 4 gacha qaytarilishida