38
8-mavzu: Obektlarga bog‘lanish paneli buyruqlari va ulardan imkoniyatlaridan
foydalaish algoritmlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga Obektlarga bog‘lanish
buyruqlari paneli
imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatish.
Obektlarga bog‘lanish buyruqlari paneli imkoniyatlaridan foydalanish.
AutoCAD dasturining “Obektlarga bog‘lanish” buyruqlari paneli grafik amallarini
avtomatik aniq bajarishga imkoniyat beradi.
Biz, dastlabki ma’ruzalarda grafik dasturlar orasida AutoCAD dasturi loyihalash ishlarining
avtomatlashtirish bo‘yicha xalqaro standarti darajasida ekanligini ta’kidlagan edik. Uning bunday
xossasini ob’ektlarga bog‘lanish paneli buyruqlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Bunday holni 1-rasmda keltirilgan chizma elementlarini ketma-ket bajarish jarayonida tahlil
qilib kuzataylik. Chizmada A va V nuqta hamda diametri SD bo‘lgan aylana berilgan.
1.Berilgan A va V nuqtalar orqali o‘tuvchi AV kesma yasalsin.
AV kesmani yasash uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A
nuqta quyidagicha kiritiladi: «Ob’ektga bog‘lanish» buyrug‘ining tugmasi kursor bilan yuklanadi va
A nuqtaga kursor yaqinlashtiriladi. Shunda, nuqta rangli yonib, avtomatik bog‘lanishni taklif etadi.
Shunday holat kuzatilishi bilanoq «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, kursor A nuqtaga unga
etib bormasdanoq o‘z-o‘zidan avtomatik bog‘lanib qoladi. Shunda
kesmaning ikkinchi nuqtasi
so‘raladi. Unga javoban V nuqta A nuqta kabi kiritiladi va AV kesma yasaladi.
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
1. Komp`yuterda grafik axborotlarni nazariy yoki amaliy aniq bajarish mumkinmi?
2. Nima uchun kompyuter ob`ektlarga bog`lanish amallarini aniq bajaradi?
39
2-savol.Ob’ektlarning xarakterli nuqtalariga bog‘lanish. Aylana kvadrantlari, to‘g‘ri chiziq
markaziga bog‘lanish. Aylanaga urinma o‘tkazish.
2. AS, AO va AD kesmalar yasalsin. Bunda S va D nuqtalar aylana kvadrantida,
O nuqta
esa, aylana markazida yotadi.
Bu kesmalarni o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A
nuqta kiritiladi. Ikkinchi masalan, O
nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Markazga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor aylana markaziga yaqinlashtiriladi. Kursor unga etib
kelmasdan
aylana markazi yarqirab yonadi, ya’ni kursorni aylana markazi bilan o‘z-o‘zidan
avtomatik bog‘lashga tayyor ekanligini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa,
AO kesma chizilib qoladi.
AS va AD kesmalarni chizish uchun ham, kesma buyrug‘iga kiriladi va ularning birinchi
nuqtasi sifatida A nuqta kiritiladi. Ikkinchi nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Aylana
kvadrantlariga bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va uni aylanaga yaqinlashtiriladi.
Shunda, aylana kvadrantlari rangli romb ko‘rinishida o‘z o‘rnini bildiradi. Ularni kerakligisi bilan
kursorni ketma-ket bog‘lab AS va AD kesmalar yasaladi.
3. AK kesma o‘tkazilsin. K nuqta OV kesmaning o‘rtasida yotadi.
Bu kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A
nuqta kiritiladi. Ikkinchi K nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektni o‘rtasiga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor OV kesmaga yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan
nuqtaga etib kelmasdan, kesma o‘rtasi yarqirab uchburchak ko‘rinishida belgilanadi, ya’ni kursorni
kesma o‘rtasi bilan o‘z-o‘zidan avtomatik bog‘lash o‘rnini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap
tugmasi yuklansa, AK kesma chizilib qoladi.
4. EF kesma o‘tkazilsin. Bunda F nuqta OV va AD to‘g‘ri
chiziqlarning kesishgan
nuqtasida yotadi.
Bunday kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga E
nuqta kiritiladi. Shunda, kursor unga etib bormasdan sariq rangli
belgi, uning o‘rnini
belgilaydi. Agar shunday belgi kuzatilmasa, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga
bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuqlanadi. Shunda, aylana
yoyi bilan vertikal markaz
chiziqning kesishgan nuqtasida sariq rangli « » belgi paydo bo‘ladi va u bilan kursorni bog‘lab, E
nuqta kiritiladi.
Ikkinchi F nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor AD va OV kesmalarning kesishgan nuqtasiga
yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan nuqtaga etib kelmasdan, kesmalarning kesishgan nuqtasi
yarqirab sariq rangda « » belgi bilan yoritiladi va u F nuqtaning o‘rnini belgilaydi.
Shunda
«Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, EF kesma chizilib qoladi.
5. A nuqtadan berilgan aylanaga urinma chiziq AT (t) o‘tkazilsin.
Urinma o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A
nuqta kiritiladi. Shunda, kesmaning ikkinchi nuqtasi so‘raladi. Unga javoban kursor bilan
«Ob’ektning urinish nuqtasiga bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor aylanani
taxminiy urinish nuqtasiga yaqinlashtiriladi. Shunda, aylanadagi urinish nuqtasi sariq rangda urinish
belgisi bilan yoritiladi. Kursorni u bilan bog‘lab, AT urinma yasaladi.
Dostları ilə paylaş: