Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 5,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/87
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Kb.
#181596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

159 
5.6 
O‘UMning elektron varianti ................................................................. 
 
 



1.
 
NAZARIY MATERIALLAR
 
VI semestr 
1-2-mavzular: Kirish. Hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari grafik 
dasturlarining imkoniyatlari. Grafik dasturlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 
AutoCAD dasturini yuklash va uning foydalanish interfeysi uskunalar paneli.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarga zamonaviy grafik dasturlar to‘g‘risida ma’lumot 
berish va AutoCAD 2007 dasturini yuklash hamda uning foydalanish interfeysi – ishchi stolining 
menyulari va uning asboblar-uskunalar panelini o‘rgatish.
Vizual ma’ruza materiallar 
Kompyuter grafikasining imkoniyatlari. Grafik dasturlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 
Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, ishlab chiqarish 
vositalari, hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, 
dunyoning barcha ishlab chiqarish korxonalarida, hamda ta’lim tizimida, yangi texnika va 
texnologiyalarni yaratishda loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda katta imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan foydalanib kelinadi. 
Hozirgi zamon talablariga mos bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun davlatimiz, 
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, ayniqsa maktab va kasb-hunar kollejlarida o‘quv 
fanlarini kompyuterlashtirishga katta ahamiyat berishni Halq va Oliy ta’lim vazirliklarlari hamda 
OO‘YU ning pedagog olimlari zimmamizga yuklagan. 
XXI asr «Axborot texnologiyalari» asri deb bejizga aytilmagan. Kundalik turmushimizning 
har bir jabhalarini kompyutersiz tassavur qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida, O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik 
texnologiyalar kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda, multimediya, bir tildan 
ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘tish, internet, WEB-texnolgiya, elektron virtual 
kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdim etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
Bu esa, bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha, balki zamonaviy 
axborot texnolagiyalaridan ham ma’lum bilimlarni chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa 
o‘quvchi hamda talabalariga o‘rgatishni talab qiladi. 
Zamonaviy-axborot texnologiyalarining har biri ma’lum texnik, dasturiy va boshqa 
ta’minotlarga bog‘liqdir. Quyidagi ishda axborot texnologiyasining grafik imkoniyatlarini barcha 
o‘quv maskanlarida, shu jumladan halq amaliy san’atida geometrik naqshlar uchun, chizmachilikda 
bajariladigan grafik ishlar uchun joriy etishning ta’minoti sifatida baholash mumkin. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab oliy ta’lim tizimini isloh qilishga 
katta e’tibor bermoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir mamlakatning siyosiy, 
ijtimoiy va iqtisodiy mavqeini, uning intellektual boyligi, ya’ni nazariy bilimga va amaliy malakaga 
ega bo‘lgan kadrlar ta’minlab bermoqda. Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisning ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasida Prezidentimiz tomonidan barcha 
islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson 
omili ekanligi va mezonligini belgilab berilgan. 
Intellektual boyligimizning kelajagimiz uchun asosiy omillardan ekanligini hisobga olgan 
holda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida qonun» qabul qilindi. Milliy 
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
-kompyuterda grafik axborotlarni bajarish deganda nima tushunasiz va grafik axborot nima? 
-qanday grafik dasturlarni bilasiz? 



dasturning ikkinchi sifat bosqichida «Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini 
mustahkamlash davom ettiriladi. O‘quv tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari hamda 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish 
amalga oshiriladi»-deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu muammoning nihoyatda dolzarbligini hisobga 
olgan holda, mamlakatimiz Prezidentning «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» to‘g‘risidagi Farmonlari e’lon qilindi.
Ushbu farmonda maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va Oliy o‘quv 
yurtlarining ta’lim jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga, 
hamda ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish» belgilab qo‘yilgan. 
Jahon tajribasi o‘quvchi va talabalarni ma’lum bir darajada xalq amaliy san’ati, hamda 
chizmachilikdan bilim olganlaridan keyin, geometri nash kompozitsiyalarini chizishni va grafik 
vazifalarni kompyuterda bajarishga o‘rgatishni taqazo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu 
ishda o‘quvchi va talabalarga mo‘ljallangan, hozirgi zomon grafik dasturlardan biri bo‘lgan 
Autodesk kompaniyasining AutoCAD 2007 grafik dasturi asosida, grafik axborotlarni kompyuterda 
bajarishga o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan.
XXI asr, yangi texnika va texnologiyalarni kompyuterlar asosida ishlab chiqish va tashkil 
qilish asri hisoblanadi. Qadimdan rivojlanib kelgan halq amaliy san’atida ham, girihlarni 
kompyuterda bajarilishi san’at sohasida tub o‘zgarishlarni taqozo etadi. Shu jumladan, barcha 
sohalar kabi muhandislik loyihlashda ham kompyuterlardan foydalanish hozirgi kunning dolzarb 
muammosi bo‘lib qoldi. Bunda takidlab o‘tish zarurki, «Kompyuter grafikasi» fani «Hisoblash 
kompyuter grafikasi» va «Muhandislik
 
kompyuter grafikasi» fanlarini o‘z tarkibiga oladi.
«Hisoblash kompyuter grafikasi»dan foydalanib, barcha grafik tasvirlarni dasturlar asosida 
bajariladi. Shuningdek, grafik reklamalar kabi axborotlarni ham amaliy tuzilgan dasturlari asosida
yaratiladi. 
«Muhandislik kompyuter grafikasi»da esa, tayyor buyruqlar paketidan foydalanib, barcha 
turdagi grafik tasvirlar bajariladi, ya’ni, bu fanda foydalanuvchilar amaliy dasturlar tuzmagan holda, 
grafik ishlarni tabiiy chizgandek bevosita ekranda amalga oshiradilar. Bu fan loyihalash ishlarini 
avtomatlashtirish tizimi-«SAPR» fanining boshlang‘ich qismi hisoblanadi. «Muhandislik 
kompyuter grafikasi» fani «Chizmachilik», «Naqqoshlik», «Yog‘och o‘ymakorligi», «Ganch 
o‘ymakorligi», «Qurilish arxitekturasi» va gidro-radio texnika kabi falarni qisman o‘zlashtirgan 
talabalarga mo‘ljallangan.
«Muhandislik kompyuter grafikasi»ni o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarga Muhandislik 
va mutaxassislik fanlaridan bajariladigan barcha turdagi grafik axborotlarni - chizma, diagramma, 
girix va sxemalar kabi tasvirlarni ikki o‘lchamda yoki uch o‘lchamda kompyuter yordamida 
bajarish tartibi va qoidalarini o‘rgatishdan iborat. 
«Muhandislik kompyuter grafikasi»ning asosiy masalasi amaliy va operatsion dasturlar 
hamda tayyor buyruqlar paketidan foydalanib, loyihalash va texnologik jarayonlarning modellarini 
yaratish ishlarini talabalar tomonidan kompyuterda erkin bajarishlari uchun zaruriy bo‘lgan bilim 
va malakalarga o‘rgatishdan iborat.
«Muhandislik kompyuter grafikasi» fanidan mashg‘ulotlar Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr va 
muxandislar tayyorlash uchun Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan 2010 yilda 
tasdiqlangan namunaviy dastur asosida amaliy-grafik mashg‘ulotlari ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Har bir amaliy mashg‘ulotda 25-30 minut davomida o‘quvchilarga grafik axborot 
primitivlarining tarkibiy qismlarini kompyuter ekranida chizish, ularni qayta o‘zgartirib maqbul 
bo‘lgan variantlarini yaratish va ekranda bajarilgan tasvirlarni hotiraga saqlash, hamda qog‘ozga 
chiqarib olish kabi vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar bosqichma-bosqich 
berib boriladi. Mashg‘ulotning qolgan qismida esa, mutahassislikka oid chizma chizish, ularni taxrir 
qilish, o‘lchamlar qo‘yish va ob’ektlarni bog‘lash kabi amaliy buyruqlardan foydalanib ko‘nikmalar 
va malakalar oshiriladi. 
Talabalar, mashg‘ulotlarda olgan bilimlari va ko‘nikmalarini beshta grafik ishlarini bajarish 
jarayonida mustaxkamlab, nazariy bilim, ko‘nikma va amaliy malakalarini oshiradilar. 



I - grafik ishida «Tekis kontur chizmasi» A4 yoki A3 formatda asosiy yozuvi (burchak 
shtampi) bilan bajariladi. 
II grafik ishida «Predmetning ikki ko‘rinishi bo‘yicha uchinchisini topish va qirqimini 
yasash» vazifalari bajariladi. 
III grafik ishida «Yig‘ma birlik tarkibiga kiruvchi detallarni ajratib, ularni ishchi chizmasini 
tuzish» vazifasi bajariladi.
IV grafik ishida III-grafik ishi uchun berilgan «Yig‘ma birlik» chizmasini bir qismini, ya’ni 
3 yoki 4 ta detallardan iborat bo‘lgan qismining yig‘ish chizmasi bajariladi va spetsifikatsiyasi 
tuziladi. 
V grafik ishida mutaxassislikka oid maxsus vazifa bajariladi. 
Har bir grafik ishlaridagi vazifani bajarish uchun talabaga uning gurux ro‘yxatidagi tartib 
nomeriga mos bo‘lgan shaxsiy vazifa mashg‘ulot o‘tkazuvchi o‘qituvchi tomonidan beriladi.
«Muhandislik kompyuter grafikasi» fanidan talabalar baholi yakuniy nazorat ishlari 
topshiradilar. Buning uchun, birinchi (1,2- grafik ishlari hajmida) va ikkinchi (3,4- grafik ishlari 
hajmida) nazorat ishlari o‘tkaziladi va uning natijalari ham e’tiborga olinadi.
Grafik ishlari uchun yuqorida taklif etilgan vazifalar, texnik mutahassislar va chizmachilik 
fani bo‘yicha mutahassis o‘qituvchilar tayyorlaydigan pedogogik OO‘YUlari talabalariga 
mo‘ljallangan. Bu grafik ishlarining shakli va mazmunini turli soha mutahassisliklari uchun esa
ularda bajariladigan grafik tasvirlar asosida tanlab olinadi. Masalan, xalq amaliy san’atida yog‘och 
va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlikda ko‘p qo‘llaniladigan geometrik naqshlar-girihlarni yoki 
qurilish-arxitektura sohasida grafik ishlarining vazifalari sifatida tayyor girih kompozitsiya 
taqsimlarini hamda, qurilish inshootlari primitivlarining loyihalarini olish mumkin. 
Endi, yuqorida keltirilganlar asosida, grafik axborotlarini kompyuterda bajarish uchun 
zamonaviy grafik dasturlar va grafik taxrirlardan foydalanishni bilish, uning maqbul metodikasini 
ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 
Bunda, o‘z-o‘zidan, «Nima uchun aynan AutoCAD grafik dasturdan foydalanish» lozim 
degan savol tug‘iladi. Chunki Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda 
avtomatik loyihalashning xalqaro standarti hisoblanadi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 20 
yildan oshgan bo‘lsada, grafik dasturlari orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki 
AutoCAD dasturi mukammal va ommabop, hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan dastur 
bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda, sifatli bajaradi. Shuningdek, bu 
dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga yordam beradi. Shu 
sababli, millionlab loyihachi mutaxassislar, olimlar, injener-texniklar va talabalar, ya’ni dunyoning 
80 dan ortiq mamlakatlari 18 tilda loyihalash ishlarini bajarishda AutoCAD tizimidan 
foydalanishlari odatiy holga aylanib qoldi. 
AutoCAD tizimida grafik axborotlarning elementlari, ularga mos bo‘lgan tayyor buyruqlar 
paketidan foydalanib, berilgan o‘lchamlarini kompyuterga kiritib, bevosita muloqatlar ketma-ketligi 
asosida tasvirlar bajariladi.
Muhandislik kompyuter grafikasi mashg‘ulotlarining mavzularini tanlashda o‘quvchilarni 
chizma primitivlarini kompyuterda bajarishga o‘rgatishdan boshlash, maqsadga muvofiq deb 
belgilandi. Chunki, chizma primitivlarini kompyuterda bajarishni yaxshi o‘zlashtirib olgan o‘quvchi 
yoki talabalar, har qanday murakkablikdagi tasvirlarni ham kompyuterda bajara oldilar.
Ma’lumki, har qanday grafik axborotlar nuqta, kesma, to‘g‘ri chiziq, ko‘pburchak, aylana, 
yoy va turli usullarda yasaladigan egri chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bu primitivlarni 
bo‘yash, unga tur berish, yo‘g‘onlashtirish, aylana chizish asosida tutashmalar yasash, ortiqcha 
chiziqlarni o‘chirish, tasvirni surish, ko‘paytirish yoki aks-simmetrik tasvirini yasash, matn yozish, 
o‘lcham qo‘yish hamda bajarilgan chizmani, yozilgan matnini taxrir qilish kabi buyruqlaridan 
amaliy foydalanishga o‘rgatish, shu jumladan, kompyuterda chizma bajarish malakasini oshirish 
maqsad qilib qo‘yilgan.
Kompyuterda chizma primitivlarini bajarishdan avval AutoCAD 2007 dasturini yuklash va 
uning foydalanish interfeysi buyruqlar uskuna- panellari bilan tanish bo‘lish, ulardan foydalanishni 
bilish kerak bo‘ladi. Shuning uchun, bu mashg‘ulotda o‘quvchi va talabalarni AutoCAD 2007 



dasturini yuklash va uni foydalanish interfeysi-ishchi stolining menyulari va asbob-uskunalar paneli 
bilan tanishtiriladi.

Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin