20
2-rasm
Agar, biror burchakning bissektrisasi o‘tkaziladigan bo‘lsa,
«B»
harfi
teriladi va
«Enter»
bilan qayd etiladi. Shunda, muloqotlar oynasida «Burchakning uchini ko‘rsating» so‘rovi paydo
bo‘ladi. Bu so‘rovga burchak uchi ko‘rsatiladi. Navbatdagi so‘rovda tomonlar uchini ko‘rsatish
so‘raladi va so‘ralgan nuqtalar ketma-ket ko‘rsatiladi.
Natijada, 2-rasmda tomonlari
yo‘g‘onlashtirib tasvirlangandek, burchakning bissektrisasi yasalib qoladi.
Agar, to‘g‘ri chiziqlar
dastasi berilgan gorizontal, vertikal yoki og‘ma to‘g‘ri chiziqqa
nisbatan bir hil oraliqda o‘tkaziladigan bo‘lsa, birinchi to‘g‘ri chiziq chiziladi. Shunda, muloqotlar
oynasida «Oraliq masofasini kiriting» so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga
biror qiymat kiritiladi,
masalan
5
kiritilib,
«ENTER»
bosiladi. Ekranda kvadrat nishoncha paydo bo‘ladi. Uni berilgan
to‘g‘ri chiziqning ustiga olib boriladi va «Sichqon» ning chap tugmasi bilan qayd etiladi. Bu
nishonni berilgan to‘g‘ri chiziqqa nisbatan siljitib, «Sichqon» bilan qayd etiladi. Natijada, berilgan
to‘g‘ri chiziqdan 5 mm masofada parallel to‘g‘ri chiziq chizilib qoladi. Bu amalni ko‘p
marta
takrorlab, berilgan to‘g‘ri chiziqqa parallel va oraliq masofasi 5 mm bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar dastasi
yasaladi, (2- rasm).
«Прямая»
- cheksiz to‘g‘ri chiziq chizish buyrug‘ining
tugmasi «Sichqon» yordamida
yuklangach, kiritiladigan G; V; U; B; va O;
harflari, uning qo‘shimcha buyruqlarining bosh
harflaridir:
Dostları ilə paylaş: