22
Ellips, ellips yoyi chizish buyrug‘idan foydalanish algoritmi
Kompyuterda ellipsni chizish uchun
«Ellips» buyrug‘i yuklanadi. Muloqotlar qatorida
ellipsning birinchi o‘qiga tegishli nuqtani kiritish so‘raladi: «Konechnaya tochki osi ellipsa ili
[Duga/TSentr]». Bunga javoban
biror nuqtani kiritish mumkin, yoki Tsentr - TS harfini kiritib
ellips markazini ko‘rsatish mumkin. Agar o‘qqa oid nuqta kiritilgan bo‘lsa, o‘qning ikkinchi uchi -
«Vtoraya konechnaya tochka osi» ko‘rsatiladi,
Agar ellips markazi ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘q uchi (Konechnaya tochka osi) ko‘rsatiladi.
Ellips yasash uchun zarur bo‘lgan birinchi o‘qqa oid ikki nuqta o‘lchami kiritilgach,
ellipsning
ikkinchi o‘qi uzunligi - «Dlina drugoy osi» kiritiladi. Natijada ekranda ellips chizmasi hosil
bo‘ladi.
Ellips
yoyini bajarish uchun
«Ellips» buyrug‘idan foydalanib yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
«Ellipticheskaya duga» buyrug‘idan foydalanib chizish mumkin.
Ellips yoyi Ellips buyrug‘idan foydalanib chizganda muloqotlar qatorida paydo bo‘ladigan
«Konechnaya tochki osi ellipsa ili [Duga/TSentr]: » so‘roviga javoban «D» harfi teriladi,
ellips
o‘qlari uzunliklari kiritiladi. Shunda muloqotlar qatorida qo‘shimcha: «Nachalnыy ugol» so‘rovi,
ya’ni yoy boshlang‘ich burchagi, so‘ngra «Konechnыy ugol» yoyning
tugallanish burchagini
ko‘rsatish so‘raladi. Ekranda elliptik yoy chizmasi hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: