83
Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar davlat boshqaruvi
va nodavlat boshqaruv
usullarida bo’ladi. Ikkinchi guruh har xil uyushmalar va bozorlarda sotish, olish,
foydalanish va baholash xaqida kelishuvlar bilan bog’lik, shuningdek mablag
jamgarmasi, maxsulotlar, yarmarkalar, ulgurji savdo markazlari,
chet el pullarida
«kim oshdi» savdosi, axborotlar tizimi kabilar xaqida shugullanuvchi oliy instito’tlar
bilan bog’lik. Buning uchun bozor tizimi katta imkoniyatlarga ega. Davlat boshqaruvi
usulidagi ATK va avtomobillarga TXK korxonalari ta’minlovchi korxonalar va
fukarolar, tashkilotlar orasda tuzilgan shartnomalar va avtomobilь egalarining
buyurtmalariga asoslanadi. Bozor mexanizmini tuldirish va o’zgartirishda davlat
asosida kuch bo’lib koladi. Ijtimoiy xayotning har xil sohalariga ta’sir etib davlat har
qanday jamiyat xayotida muhim vazifasini bajaradi. Davlat tasarrufidan chiqkan
korxonalarning soni ko’payib boradi. Rejalashtirishni yangicha ishlab chiqish tartibi
va shu usullar tavsifining tarkibiy kismiga quyidagilar kiradi: o’zok
muddatga
bashorat qilish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishini rejalashtirish
iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy muammolarini fikrlash tizimini aniqlash va ishlab
chiqish. SHunday qilib, samarali, yuqori Mehnat unumiga erishish yo’li
cheklanmagan Mehnat qilish va Mehnat xaqi olishga imkoniyatlar yaratishdan iborat,
ish xaqi uchun olingan pul hisobiga inson o’zi uchun zarur deb bilgan barcha
maxsulotlar va xizmatlarga ega bo’lishi mumkin.
SHuni bilish kerakki, u kim
bo’lmasin, o’kituvchimi yoki talaba, rahbarmi yoki oddiy ishchi – u har kadamda
boshqarish bilan tuknashadi. Misol uchun: «avtomobilga o’tirdi va xaydab ketdi»
(tirik bo’lmagan tabiatni boshqarish), «kitobni olib ber, uglim» (odamni boshqarish).
Demak boshqarish jarayonlarini biz har yerda kuzatamiz-tirik organizmlarda ham,
inson yaratgan avtomobillarda ham,
biz yashab turgan jamiyat ham, faoliyat
ko’rsatayotgan jamoalarda ham. Odatda uchta asosiy boshqarish sohalariga: tirik
bo’lmagan (bu yerda inson ongiga nisbatan) tabiatlar, jamiyatlar ajratiladi. Korxona
hodimlari odamlar orkali ta’sir etib, mijozlar va yo’lovchilar tashish va aholining
avtomobillarga TXK va harid xizmatini bajarish
uchun boshqarish qonuni, iqtisod
qonuni, boshqarish vazifalari, boshqarish tamoyillari, boshqarish usullari kabi
mexanizmlardan foydalanadilar.
84
Quyidagi boshqarish qonunlari ma’lum: boshqarishda jamiyat,
alohida
Mehnat jamoalari va har bir ishchi manfaatini boshqarishda to’g’ri va okilona
moslashtiradigan boshqarishning tizim birligi qonuni; ishlab chiqarishning mulkchilik
shakliga mos boshqarishning ijtimoiy qonuni; boshqarishning su’ekt va ob’ektlarini
o’zaro bog’liklik qonuni; boshqarishning sub’ekti va ob’ekti orasidagi to’g’ri va
teskari bog’liklik qonuni; ishlab chiqarishning ijtimoiy, o’zluksiz va samarali
boshqarish qonuni; boshqarish vazifalarining o’zgarish qonuni; boshqarishning
vazifalarini asosiylashtirish qonuni; boshqarishning pogonalar sonini saqlash qonuni;
nazorat
qilishning tarkalganlik qonuni; boshqarishning ta’sir etish qonunlarining
birlik qonuni. Boshqarish tizimi va boshqarish ob’ekti nimalar qilishi kerakligini
ifodalovchi ishlar turi-bu boshqarishning vazifasidir. Boshqarish doirasida Mehnatni
taksimlash Oqibatida vazifalar ajratiladi, ular quyidagilar: tashkil etish, rejalashtirish,
hisobga olish, tahil qilish, nazorat qilish, bashorat qilish, moyillik, yechim qabul
qilish, Mehnat resurslarini samarali boshqarish, unumdorlikni boshqarish. Korxona
faoliyatini boshqarishda qo’llaniladigan mexanizmlardan biri boshqarishning
tamoyillari, ular quyidagilar: ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, siyosiy.
Boshqarish usullari: ma’muriy-huquqiy usullar,
iqtisodiy usullar, ijtimoiy-
ruxiy usullar, mafkuraviy usullar, tashkiliy usullar.
SHunday qilib korxonani boshqarish fakatgina boshqarishning qonunlari,
usullari, vazifalari tamoyillari xaqida bilimlar talab qilibgina kolmasdan, samarali
ishlab chiqarishga olib keluvchi muayyan xo’jalik holatlarini hisobga olgan xolda bir
vaqtda ularning har xil kombinatsiyalarida qo’llash lozim.
Dostları ilə paylaş: