O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A
2.Xo’jalik hisobini amalga oshirish tamoyillari. Korxona xo’jalik hisobining moxiyati uchun asosiy tamoyillari orkali
namoyon bo’ladi. Bu asosiy tamoyillar,bo’g’inlar, brigadalar, tsexlar, butun bir
korxonaning o’zlariga dalolatnoma bilan biriktirilgan asosiy mablaglar va ajratilgan
moddiy va pul vositalaridan tezkor-xo’jalik jihatidan mustakillik o’z-o’zini koplash
va foydaliligini, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash;
xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish jamoalarining o’z Mehnati natijalaridan moddiy
manfaatdorligi va moddiy mas’uliyati, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish
jamoalarining faoliyat natijalariga bog’likligi; so’tka, un kunlik, oy, chorak, yil va
boshqa davrlardagi pirovard natijalari bo’yicha bo’linmalar faoliyatini baholash,
xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarishning hal kiluvchi muhim «tor» nuktalariga
ikqilamchi nazoratlar urnatish va bundan ishning rentabelligi ta’minlansa, nazorat
qilishni amalga oshiruvchi mas’ul shaxslarga mukofot berish.
Xo’jalik hisobini amalga oshirganda har bir korxona eng kam Mehnat va
mablag sarflagan xolda xizmat ko’rsatishini yoki ishlab chiqarishni ta’minlashi,
maxsulotni harid yoki savdo qilishidan tutgan mablag korxona harajatlarini koplashi
bilan birga, foyda ham berishga erishishi lozim. Xo’jalik hisobida faoliyat
ko’rsatadigan korxona xizmat ko’rsatish jarayonini amalga oshirish uchun asosiy va
aylanma mablaglar bilan ta’minlanadi, kredit olish huquqiga ega bo’ladi. U davlat
tomonidan ajratilgan mulkdan foydalanish, unga egalik qilish huquqini amalga
oshiradi. Xo’jalik hisobi asosida ishlovchi korxona mustakil muvozanatda bo’lib,
xo’jalik faoliyati natijalarini hisobga olishning tugal tizimiga ega. Bankda uning
hisob rakami bo’lib, belgilangan tartibda uning o’zi xom ashyo yetkazib ta’minlaydi.
Xo’jalik yuritishning bunday sharoitida korxonalarga davlat buyurtmasi cheklangan
bo’ladi. Amaliy faoliyatda xo’jalik yuritishdagi xo’jalik hisobi usulining barcha
tamoyillaridan moxirona va majmun foydalanish ayniksa zarur.