R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.5. Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan va uning erkin tasarrufidagi 
foyda ko‘rsatkichi bu sof foyda hisoblanadi. Bugungi kunda har bir xo‘jalik 
yurituvchi subyektning asosiy maqsadi sof foydaga erishish hisoblanadi. Shu 
sababli ham sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil 
qilib o‘rganish asosida moliya-xo‘jalik faoliyatiga baho berish, uning 
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish mumkin bo‘ladi. Chunki, 
sof foyda ko‘rsatkichi yakuniy moliyaviy natija ko‘rsatkichi bo‘lib, bevosita 
moliya-xo‘jalik faoliyati natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkichlaridan 
biri hisoblanadi. 
Ushbu ko‘rsatkich moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan 
shakllanish tartibiga ko‘ra soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foyda summasidan 
foyda solig‘i va boshqa soliq hamda ajratmalar summasini chegirish asosida 
aniqlanadi. Ya’ni, uni quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash 
mumkin: 
SF = STF – FS - BS, (11.4) 
bunda, 
SF - sof foyda; 
STF - soliq to‘langunga qadar foyda; 
FS - foydadan to‘lanadigan soliq; 
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, sof foyda summasi quyidagilar hisobiga 
o‘zgarishi mumkin: 
-
soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foyda summasining o‘zgarishi; 


250 
-
foyda solig‘i summasining o‘zgarishi; 
-
boshqa soliq va to‘lovlar summalarining o‘zgarishi. 
Sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilib 
o‘rganilar ekan, dastlab uning to‘g‘ri shakllanganligiga baho beriladi. Shundan 
so‘ng, uning o‘zgarishiga omillar ta’siri tahlil qilib o‘rganiladi. 
Biz tahlil qilib o‘rganayotgan “Sharq” fermer xo‘jaligida sof foyda summasi 
to‘g‘ri shakllantirilganligi o‘rganganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi 
(11.5-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin