R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.6-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi sof foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
omillar tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
1. Mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum, ming 
so‘m 
653350 
683292 
+29942 
2. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi, ming so‘m 
546908 
583648 
+36740 
3. Davr xarajatlari, ming so‘m 
49556 
43386 
-6170 
4. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari, ming so‘m 

4630 
+4630 
5. Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar, ming so‘m 
18140 
19564 
+1424 
6. Hisobot davrining sof foydasi, ming so‘m 
38746 
41324 
+2578 
Sof foydaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: 
-
mahsulot sotishdan olingan sof tushumning o‘zgarishi 
+29942 
-
sotilgan mahsulot tannarxining o‘zgarishi 
-36740 
-
davr xarajatlari 
+6170 
-
asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 
+4630 
-
foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlarning o‘zgarishi 
-1424 
Barcha omillarning ta’siri natijasida sof foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 
2578 ming so‘mga ko‘paygan. Demak, “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati sof 
foyda summasini oshirish maqsadida mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum 
summasini ko‘paytirish, sotilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va davr 
xarajatlari summasini yanada kamaytirishning ichki imkoniyatlarini aniqlagan 
holda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. 
 


252 
11.6. Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaviyligiga 
baho berishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Rentabellik nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, u xo‘jalik yurituvchi subyektning foydalilik 
darajasini ifodalaydi. Shu sababli, rentabellik va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni 
tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Bugungi kunda iqtisodchi olimlarning ilmiy, o‘quv-uslubiy asarlarida 
rentabellikning bir necha turlari hisob-kitob qilib o‘rganilgan. Jumladan: 
1. Sotilgan mahsulot tannarxi rentabelligi. Bu ko‘rsatkich mahsulot sotish 
bilan bog‘liq bo‘lib, bir so‘mlik yoki ming so‘mlik sotilgan mahsulot tannarxi 
hisobiga olingan foyda hajmini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich mahsulot sotishdan 
olingan yalpi foyda (YaF) summasini sotilgan mahsulot tannarxiga (IT) bo‘lish va 
100 foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 
R = 
Yalpi foyda 
x 100% 
Sotilgan mahsulot tannarxi
2. Sotish rentabelligi. Bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotlarning foydalilik 
darajasini tavsiflaydi. Ya’ni, bir so‘mlik yoki ming so‘mlik sotilgan mahsulot 
hisobiga olingan foyda hajmini ifodalaydi. Mazkur ko‘rsatkich mahsulot sotishdan 
olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum 
summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi: 
R = 
Yalpi foyda 
x 100% 
Sotishdan olingan sof tushum
3. Asosiy vositalar rentabelligi. Bu ko‘rsatkich asosiy vositalardan 
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u bir so‘mlik 
yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda hajmini 
tavsiflaydi. U sof foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga 
bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 
R = 
Sof foyda 
x 100% 
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati 
4. Joriy aktivlar rentabelligi. Bu ko‘rsatkich joriy aktivlarning har bir 


253 
so‘miga to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini ifodalaydi. Demak, ushbu ko‘rsatkich 
sof foyda summasini joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish va 100 
foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 
R = 
Sof foyda 
x 100% 
Joriy aktivlar o‘rtacha yillik qiymati 
5. Xususiy kapital rentabelligi. Bu ko‘rsatkich xususiy kapitaldan 
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, uning har bir so‘miga 
to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini tavsiflaydi. Uni aniqlash uchun sof foyda 
summasini xususiy kapital summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish lozim: 
R = 
Sof foyda 
x 100% 
Xususiy kapital qiymati 
6. Qarz mablag‘lari rentabelligi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz 
mablag‘iga to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof 
foyda summasini qarz mablag‘lari summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish 
asosida aniqlanadi: 
R = 
Sof foyda 
x 100% 
Qarz mablag‘lari 
7. Mol-mulk rentabelligi. Bu ko‘rsatkich xo‘jalik yurituvchi subyekt mol-
mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, u har bir 
so‘mlik mol-mulk hisobiga to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi. 
Mazkur ko‘rsatkich sof foyda summasini jami mol-mulk qiymatiga bo‘lish va 100 
foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 
R = 
Sof foyda 
x 100% 
Jami mol-mulk qiymati 
Yuqoridagi rentabellik ko‘rsatkichlarini “Sharq” fermer xo‘jaligi 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (11.7-jadval). 


254 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin