Ichki auditni tashkil etish asoslari



Yüklə 115,58 Kb.
səhifə1/6
tarix13.05.2023
ölçüsü115,58 Kb.
#113237
  1   2   3   4   5   6
Ichki auditni tashkil etish asoslari

Ichki auditni tashkil etish asoslari


Reja


Ichki auditni tashkil etish asoslari 1
1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni 2
2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish 14
3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi 21
4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar 31
Xulosa 39
ADABIYOTLAR RO’YXATI 40



1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni


Auditorlik faoliyati va ichki audit xizmati to’g’risida so’z yuritishdan avval, «audit» so’zining lug’aviy ma’nosini iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning bergan fikr va mulohazalarini keltirib o’tsak. Umuman olganda audit atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsadi va vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi va ichki audit xizmati tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Tashqi va ichki auditning tavsif jihatdan farqlanishi



Farq qiluvchi belgilar

Ichki audit

Tashqi audit

1.

Maqsadi bo’yicha

Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi

Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini baholash va amaldagi qonunchilikka rioya etilayotganligini tasdiqlash

2.

Qo’yilgan vazifalariga ko’ra

Korxona bo’limlari yoki umuman korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi

Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga asosan: korxona va auditorlik firmasi

3.

Javobgarligi bo’yicha

Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat oldida

Mijoz va huquqiy – me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan uchunchi shaxslar oldida

4.

Obe’kti bo’yicha

Boshqaruvning alohida funktsional masalalarini echish, korxonaning axborot tizimini ishlab chiqish va tekshirish

Korxonaning hisob tizimini va moliyaviy hisobotlarini tekshirish

5.

Sub’ekti bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat tarkibidagi xodimlar

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs

6.

Huquqiy
jihatlari bo’yicha

Mustaqil belgilanadi (yoki korxonalarda ichki audit o’tkazish to’g’risidagi Nizom)

Umumqabul qilingan auditorlik
standartlari bilan belgilanadi

7

Faoliyat turi bo’yicha

Ijro faoliyati

Tadbirkorlik faoliyati

8

O’zaro munosabat bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi

Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik

9

Xizmatlar
uchun haq
to’lash tamoyillariga ko’ra

Shtatjadvaliga asosan ish haqi

Haqni mijoz – korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi

10.

Hisobot taqdim etilishi bo’yicha

Korxona egasi va boshqaruv organiga

Auditorlik tashkilotining yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi

11.

Uslubiy jihatdan

Uslubiy jihatdan bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma – xilligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi

Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.

Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
— moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar);
— auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim).
Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida quyidagilar xizmat qiladi:
— qonunchilik tizimi murakkablashuvi;
— moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish;
— korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish;
— resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat;
— majburiyatlarni bajarish;
— hisob tizimini optimallashtirish.
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi. Bu korxonaning o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt aktivlari saqlanganligi, balki korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki audit boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi.
Birinchidan, ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin.
Ikkinchidan, AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan, kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini oshiradi.
Avvalambor, bunga xususiy mulk egalari va menejmentning kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar, boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonunqoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.
Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 sonli Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;
Ichki audit deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishni to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining
(ichki audit xizmati) faoliyati. 1
Ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.
AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra ichki audit - iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.
Ichki audit deb korxonaning kuzatuv kengashiga bo’ysunadigan, ularni doimo axborot bilan ta’minlab turadigan, moliyaviy hisobotlar ustidan doimiy nazorat olib boradigan, korxonaning boshqarishda qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar chiqarishda o’z hissasini qo’shadigan faoliyatga aytiladi.
Ichki audit xizmati deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to’liq hamda to’g’ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan NIZOMga muvofiq amalga oshiradi.
Mustaqillik- ushbu holatda ichki audit tashkiliy mazmunga ega bo’lib, bunda kompaniyaning ijro organiga ichki audit xizmatining bo’ysinish darajasi bilan aniqlanadi.
Ob’ektivlik deganda – ichki auditor korxonaning faoliyatini baholash va qarorlar qabul qilishda xolisligi tushuniladi.
Tashkilot faoliyatini rivojlantirish, ta’kidlab o’tish kerakki, tashkilot ishidagi kamchiliklar va tavakkalchilikni ko’ra bilish va baholash, tizim va jarayonlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berish.

Ichki audit xizmatining maqsadi tashqi auditorlik faoliyatidan farqli o’laroq, ular korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyatini doimiy nazorat qilish maqsadida oldiga bir qancha maqsadlarni qo’yadi:

  • Aktivlar holatining nazorati;

  • Ichki tizimdagi nazorat jarayonlarini tasdiqlash;

  • Ichki nazorat va axborot qayta ishlovi tizimining samarali ishlovining tahlili;

  • Boshqaruvning axborot tizimi tomonidan beriladigan ma’lumotlarinnig sifatliligini baholash.

Ichki audit xizmatining maqsadi – jamiyatning kuzatuv kengashi va aktsiyadorlarini to’g’ri va o’z vaqtida axborot bilan taminlash, korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyatini nazorat qilish, ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholab borish hamda korxonani barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashdar.
Ichki audit xizmati maqsadidan kelib chiqib, korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risidagi NIZOMga muvofiq quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

  • ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.

Ichki auditorlar o’zlarining tekshirayotgan ob’ektiga ko’ra va korxonaning faoliyatidan kelib chiqib o’z oldiga bir qancha vazifalarni qo’yishi mumkin, ammo ichki auditorlarning umumiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi

  • tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;

  • korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini;

  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini;

  • moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini;

  • aktivlarning holatini;

  • ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo’li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

  • texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.

  • Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi mumkin.

B.A.Hasanovning ilmiy izlanishlarida ko’rsatilishicha ichki audit xizmatining asosiy vazifasi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan o’zining Nizomi, mutaxassislik maqomi asosida korxona rahbariyatini mehnat unumdorligini va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo’yicha axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Ichki audit tizimini yaratishda quyidagi muhim tamoyillar asos qilinib olinishi kerak.



Ichki auditning aniq maqsadga qaratilganligi tamoyili;



Ichki audit tizimining yaxlitligi va to’liqligi tamoyili;



Ichki auditning hujjatlarga asoslanganlik tamoyili;



Axborotni avtomatik tarzda qayta ishlash tamoyili;



Tezkorlik tamoyili.

O’zbekiston korxonalarida ichki audit xizmatini tashkil qilish quyidagi afzalliklarga ega:
Birinchidan, korxona boshqaruv kengashiga bo’limlar ustidan samarali nazorat o’rnatish imkonini beradi.
Ikkinchidan, ichki auditorlar o’tkazadigan maqsadli tekshiruv va tahlilning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlab beradi.
Uchinchidan, ichki auditorlar tekshiruv bilan bilan birga bosh korxona, uning filiallaridagi moliyaviy – iqtisodiy , buxgalteriya va boshqa bo’limlar xodimlariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradilar.
Ichki audit nafaqat xususiy mulk egalari, balki kompaniyaning menejmentiga ham zarur. Menejerlarning maqsadi – oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda samarali yo’llar orqali biznesni boshqarish. Ushbu masalalarni ijobiy hal etish ikki masalaga bog’liq:

  1. Menejer boshqaruv masalalarini to’g’ri hal etish uchun etarli ma’lumotga egaligi;

  2. Ichki auditning asosiy maqsadi – menejerlarga o’z zimmalariga qo’yilgan vazifani bajarishda yordam berish, ularga kompaniya aktivlarining samarali ishlatilishi.

“Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida” nizomga muvofiq ichki audit xizmatining huquqlari quyidagilardan iborat:

  • ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxonaning mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;

  • ichki audit o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ichki auditni amalga oshirishda qonunlar, nizomlar va boshqa

me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish;

  • moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini

tekshirish;

  • hisobotlar tuzish;

  • ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga

rioya qilish;

  • korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqida darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

  • aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

  • Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Ichki auditorlar majburiyatlariga, shuningdek quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Nazorat tizimining samaradorligini tekshirish;

  • Tashkilot faoliyati samaradorligini baholash;

O’rganish obektiga qarab, ichki auditning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Boshqaruv tizimining funktsional auditi;

  • Boshqaruv tizimining tashkiliy-texnikaviy auditi;

  • Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi;

  • Faoliyat turlari auditi;

  • muvofiqlilik bo’yicha audit.


Yüklə 115,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin