Ichki auditni tashkil etish asoslari


O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish



Yüklə 115,58 Kb.
səhifə3/6
tarix13.05.2023
ölçüsü115,58 Kb.
#113237
1   2   3   4   5   6
Ichki auditni tashkil etish asoslari

2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish


O’zbekiston Respublikasida davlatning tashabbusi bilan qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish va davlat korxonalarida korporativ boshqarish samarasini oshirish maqsadida ichki audit instituti shaklantirila boshlandi.
2006 yil 27 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-475 sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab aktivlarning balans qiymati 1 milliard so’mdan ko’p bo’lgan korxonalarda kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi №215 sonli “Ustav fondida davlatning ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish samaradorligini ta’minlash va davlat mulkining mutanosib hisobini olib borish choralari to’g’risida”gi Qarori bilan Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan bo’lib, u ichki audit va auditorlar xizmat faoliyatini belgilovchi birinchi me’yoriy hujjatdir. Islohotlar iqtisodiyotning nodavlat sohasini ham qamrab oldi. O’z vaqtida “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” va “Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Natijada ichki audit xizmatini shakllantirish zarurligi to’g’risidagi me’yoriy talablar nafaqat ustav kapitalida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlargagina emas, balki respublikaning boshqa yirik nodavlat korxonalariga ham taalluqli bo’lib qoldi.
2010 yil 26 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika bank tizimi yanada isloh qilish va barqarorligi oshirishning ustivor yo’nalishlari va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish to’g’risida”gi Qarori ichki auditorlar instituti faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish uchun qo’shimcha rag’bat bo’ldi. Ushbu qaror bilan Respublikaning mikromoliyalashtirish sohasi va bankdan tashqari moliyaviy sektorini 2011-2015 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan bo’lib, unda Ichki auditorga malakaviy talablar hamda ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatsiyalash tizimini tadbiq etishga taalluqli huquqiyme’yoriy hujjatlarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan. 2011 yil 14 sentyabrda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №258 sonli “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ba’zi bir qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qarori respublikada ichki audit institutini me’yoriy tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Qarorga muvofiq Ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom matniga ba’zi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, ularga ko’ra ichki audit xizmatida ishlash uchun nomzodlarga malakaviy talablar qaytadan ko’rib chiqildi. Bu o’zgarishlar bo’yicha ichki audit xizmatida ishlashga da’vogarda ichki auditor sertifikati bo’lishi lozim. Shuningdek, ichki audit xodimlari sertifikatlash tartibi auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ichki audit Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi: har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha); tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi
yuzasidan ekspertiza o’tkazish; buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish; texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir: ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish; ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
ichki auditni amalga oshirishda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya
qilish; moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya
qilish; korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish; aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
Ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.
Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qiladi.
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi.
Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.
Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi:
ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va
egallab to’rgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash; korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish.
Davlat tomonidan quyidagi turkumdagi korxonalarda ichki audit o’tkazilishi majburiy talab hisoblanadi:

  • kredit tashkilotlari;

  • qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari;

  • notarial tashkilotlar;

  • sug’urta tashkilotlari va lizing kompaniyalari;

  • investitsion fondlarni boshqaruvchi tashkilotlar.

Korxona tomonidan ichki nazorat, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlarni hujjatlashtirish tartibi, moliyaviy axborotlarni maxfiyligini ta’minlash hamda kadrlarga qo’yiladigan malakaviy talablarni o’zida aks etuvchi qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat organlari tomonidan majburiy moliyaviy nazoratda bo’lishi kerak bo’lgan operatsiyalar qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan. Bunday operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar pul mablag’lari va boshqa mulklar bilan operatsiya qiladigan tashkilotlardan vakolatli organ – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamenti (vakolatli organ)ga topshiriladi. Budan tashqari, tashkilotlar vakolatli organga, agar shunday asos bo’lsa, mazkur operatsiya terrorizmni moliyalashtirish yoki daromadlarni berkitish maqsadida foydalalaniladigan operatsiyalar (shartnomalar) bo’yicha ham ma’lumot topshiradilar. Quyidagilar bundan darak berishi mumkin: shartnomaning chalkash va odatdan tashqari tarzda bo’lib, uning yaqqol iqtisodiy ma’nosi va yaqqol iqtisodiy maqsadi yo’qligi; shartnoma tashkilotning ta’sis etilish hujjatlari ko’zda tutgan maqsadlarga nomuvofiqligi; operatsiyalar va shartnomalar bir necha marta amalga oshirilganda, ularning maqsadi majburiy nazoratdan chetga chiqish bo’lganini aniqlanishi.
Ochiq tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish talablarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, ular xorijdagi me’yorlardan deyarli farqlanmaydi.
“Ichki nazorat tizimi” termini xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali olib borish va nazorat qilish, aktivlar va hisobot hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, firibgarlik va xatoliklarning odini olish va aniqlash, buxgalteriya yozishmalarning aiqligi va to’liqligi va haqqoniy moliyaviy axborotning o’z vaqtida tayyorlanishi maqsadida qabul qilingan tashkiliy choralar, metodika va muolajalar (ichki nazorat vositalari) majmuini bildiradi.
Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi kiradigan masalalar doirasidan chetga chiqadi va nazorat muhitini o’z ichiga oladi. Nazorat muhiti deyilganda korxona rahbariyatining ichki nazorat tizimini o’rnatish va olib borishga, shuningdek ushbu tizim ahamiyatini tushunish anglanadi. Nazorat muhiti nazoratning konkret vositalarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
a) korxonani boshqarish usuli va asosiy tamoyillari;
b)korxonananing tashkiliy tarkibi;
v)javobgarlik va vakolatlarning taqsimlanishi;
g)amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati;
d)tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini
tayyorlash tartibi;
e)ichki boshqaruv hisobini yuritish va ichki maqsadlarda hisobotlarni
tayyorlash tartibi;
j)korxona xo’jalik faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini
ta’minlash;
z)korxona boshqaruvi tarkibida taftish komissiyasi, ichki audit xizmatining
mavjudligi va ular ishini tashkil etishning o’ziga xosligi.
Korxona rahbariyati o’rnatadigan nazorat muolajalariga quyidagilar kiradi:

  1. muayyan xodimlarning boshqa xodimlarga hisobot berishi;

  2. moliyaviy-xo’jalik faoliyati masalalariga oid ma’lumotlarni ichki

tekshirish va taqqoslash;
v) pul vositalari, qimatbaho qog’ozlar va tovar-moddiy zahiralarni hisobga
olish natijalarini buxgalteriya yozishmalari bilan qiyoslash (inventarizatsiya);
g) ichki manbalardan olingan ma’lumotlarni tashqi manbalar ma’lumotlari
bilan taqqoslash;

  1. tahliliy hisobotlar va qaydnomalardagi yozuvlarning arifmetik aniqligini

tekshirish;

  1. amaliy dasturlar va kompyuter axborot tizimlari, shuningdek kompyuter dasturlaridagi o’zgarishlar va ma’lumotlar fayllariga kirish, tizimga ma’lumot kiritish va undan ma’lumot olishni nazorat qilish vositasida nazoratni amalga oshirish;

j) moliyaviy natijalarni reja ko’rsatkichlari bilan taqqoslash va tahlil qilish.
Ichki audit xizmati vazifalari o’z ichiga aniqlik monitoringini va ichki nazorat tizimi samaradorligi oladi.
Korxonaning kuzatuv kengashi talablari va korxona hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, ichki auditning maqsadi va hajmi turlicha bo’ladi.
Ichki auditning funktsiyalari elementlari quyidagilardan iborat:

  1. ichki nazorat muolajalari samaradorligi monitoringi (buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rnatish rahbariyatning vazifasi hisoblanadi, ichki audit xizmati esa ushbu tizimlarni tekshirish, samaradorligi monitoringni amalga oshiradi, hamda ushbu tizimlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar beradi);

  2. boshqaruv va moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish (hisobot tayyorlash

uchun ma’lumotlarni tasniflash, tekshirish, hamda buxgalteriya hisobi schetlari qoldiqlari hamda boshqa alohida bo’limlar bo’yicha maxsus so’rovlarni amalga oshirish);
v) samaradorlik, natijaviylik va iqtisod qilishni nazoratlash, shu jumladan,
korxona nomoliyaviy vositalari nazorati;
g) respublika qonunchiligi, me’yoriy hujjatlar va boshqa talablarga rioya qilishni nazoratlash hamda siyosiy, direktiv va rahbariyatning boshqa ichki talablariga rioya qilishni nazorat qilish.
Ichki audit xizmatining roli korxonaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Ichki audit xizmati korxonaning tashkiliy tuzilmasining bir bo’limi hisoblanadi. Ichki audit faoliyati o’zining ob’ektivligi va mustaqilligiga qaramay, tashqi auditdan moliyaviy (buxgalteriya) hisobotni ishonchliligini taqdim etishdagi mustaqillik darajasida emas. Tashqi audit faqat auditorlik xulosasi uchun javobgardir, lekin bu javobgarlik hisobot tayyorlashda ichki audit ma’lumotlaridan foydalanganlik uchun kamaymaydi. Barcha moliyaviy hisobot bo’yicha mulohaza va fikrlar tashqi auditor tomonidan qabul qilanadi.

Yüklə 115,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin