265
mablag‘lari hisobidan investisiyalari;
investisiya shartnomasi
— investisiya faoliyati subyektlari o‘rtasida
tuziladigan, investisiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;
investisiya faoliyatining ishtirokchisi
— investisiyalarning amalga
oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida
ta’minlaydigan investisiya faoliyati subyekti;
investor
— foyda olish maqsadida investisiya faoliyati obyektlariga
o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa
investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati
subyekti;
mahalliy investorlar
— investisiya faoliyatini amalga oshiruvchi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston
Respublikasi rezidenti
maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu
jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining
yuridik shaxslari;
chet ellik investorlar
— chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki
hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga
muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti bo‘lgan xalqaro
tashkilotlar, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va
faoliyat ko‘rsatadigan
yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar
yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Investisiyalarni bir qancha xususiyatlariga ko‘ra tasniflash mumkin.
Masalan:
1. Investisiyalash davriga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli
investisiyalarga bo‘linadi. Qisqa muddatli investisiyalar bir yilgacha bo‘lgan
omonat sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardir. Uzoq muddatli
investisiyalar bu bir yildan ortiq muddatlarga qo‘yilgan kapital bo‘lib, 2-yilga, 2-3
266
yil va 5 yildan ortiq muddatlarga ham qo‘yilishi mumkin.
2. Investisiyalarni shakli bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
moliyaviy investisiyalar; moddiy investisiyalar; intelektual investisiyalar.
Moliyaviy investisiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda
ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investisiyalar
tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-
uskunalar, inshootlar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv
va passiv qismlari kiradi.
Intelektual investisiyalar tarkibi rang-barang bo‘lib, ularni umumlashtirgan
holda aytish mumkinki, ular mulkiy huquqlar shaklidagi investisiyalar va tabiiy
resurslardan foydalanish shaklidagi investisiyalardan iborat.
3. Investisiya faoliyatida qatnashish tasnifiga ko‘ra:
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar. Bular asosan obyekt aniq ma’lum
maqsadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yo‘naltirilgan mablag‘dir.
-
boshqa investisiyalar. Bular vositachilar orqali obyektlarga sarflanadi va
olingan daromad mijozlar o‘rtasida taqsimlanadi.
4. Investisiyalarni kiritish shakliga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
-
mahalliy investisiyalar. Bu mahalliy investor tomonidan ijtimoiy soha,
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga
kiritiladigan moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual
mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestisiyalar;
-
chet el investisiyalari. Bu chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha,
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual
mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestisiyalar.
Shu bilan birga,
investisiyalarni subyektlari, obyektlari, investisiya
qo‘yiladigan sohalar, makro va mikro iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda boshqa
xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.
267
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investisiyalarning makro va
mikro iqtisodiyotda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, ko‘rsatkichlarni shakllantirgan
holda o‘rganishni taqozo qiladi. Jumladan, makro ko‘lamda investisiyalar tahlilini
mulkchilik shakllariga, hududiy belgisiga ko‘ra olib
borilishi maqsadga muvofiq
bo‘lsa, mikro ko‘lamda moliyaviy hisobot shakllari va ulardagi ko‘rsatkichlar
asosida o‘rganilishi talab etiladi. Shu sababli, biz mikro ko‘lamda, ya’ni
korxonaning moliyaviy hisobot shakllari va ulardagi ko‘rsatkichlar asosida uning
investision faoliyatiga baho berish va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
o‘rganishga tuxtalib o‘tmoqchimiz.
Shuni ta’kidlab o‘tish joiz-ki, korxona investision faoliyati tahlil qilib
o‘rganilar ekan, dastlab investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
baholash metodlarini o‘rganish lozim. Shu bois, keyingi paragrafda investisiya
loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
baholash metodlari, mazmuni va turlarini
bayon qilamiz.
Dostları ilə paylaş: