R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

NAZORAT TESTLARI 
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda ... ? 
A) O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy 
davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar 
bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan 
faoliyati tushuniladi 
B) O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining xorijiy davlatlarning jismoniy 
shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy 


311 
aloqalarni o‘rnatish faoliyati tushuniladi 
C) O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik 
shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro rivojlantirishga qaratilgan 
faoliyati tushuniladi 
D) O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari o‘zaro foydali iqtisodiy 
aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi 
Qonuni (yangi tahrirda) qachon qabul qilingan? 
A) 2016 yil 13 aprelda 
B) 2000-yil 26 mayda 
C) 1996 yil 30 avgustda 
D) 2019 yil 30 dekbrda 
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari 
keltirilgan javobni ko‘rsating? 
A) Tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va 
takomillashtirish, valyuta bilan tartibga solish, soliq bilan tartibga solish, tarif va 
notarif tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga 
rioya etilishi uchun himoya, kompensasiya va dempingga qarshi choralarni 
qo‘llash 
B) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa 
alohida bo‘linmalar ta’sis etish, mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda 
boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo‘lga 
kiritish 
C) Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, tashqi savdo faoliyati, chet el 
investisiyalarini jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi 
investisiya faoliyati 
D) 
Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
subyektlarining 
tengligi, 
savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, tashqi 
iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat 


312 
tomonidan himoya qilinishi 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin