R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.3-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot assortimentining 
tahlili 
Mahsulot 
turlari 
Mahsulot 
birligining 
bahosi, so‘m 
Ishlab chiqarish 
hajmi, dona 
Ishlab chiqarilgan 
mahsulot qiymat 
shaklida, ming so‘m 
Assortiment 
hisobiga ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot, ming 
so‘m 
Reja 
Haqiqatda 
Reja 
Haqiqatda 
A
5000 
30000 
28886 
150000 
144430 
144430 
B
5500 
31818 
34663 
175000 
190648 
175000 
S
8000 
12500 
15887 
100000 
127098 
100000 
D
7500 
10000 
15406 
75000 
115544 
75000 
Jami 



500000 
577720 
494430 
14.3-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatda hisobot davrida to‘rt xil assortimentdagi mahsulotlar ishlab 


320 
chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan “B”, “S” va “D” assortimentdagi 
mahsulotlar natura holatida ortig‘i bilan ishlab chiqarilgan. “A” assortimentdagi 
mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi esa to‘liq bajarilmagan. Buning natijasida 
jamiyatda hisobot davrida jami assortiment hisobiga 494430 ming so‘mlik 
mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi
98,9 % (494430 : 500000 x 100) ni tashkil qilgan. Demak, jamiyatda assortiment 
rejasining bajarilmasligiga asosan “A” turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejasining 
bajarilmasligi sabab bo‘lgan. Shu bois, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyat rahbariyati assortiment rejasi bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z 
vaqtida tegishli choralarni ko‘rishi lozim. 
Korxonada mahsulotlar assortimentini tahlil qilish bilan bir vaqtda ularning 
tuzilmasi ham tahlil qilib o‘rganiladi va o‘zgarishiga baho beriladi. Ma’lumki, 
mahsulotlarning ba’zi bir turi bo‘yicha ishlab chiqarish (sotish) hajmining 
ko‘payishi va boshqasi bo‘yicha qisqarishi ularning tuzulmasida o‘zgarishlarga, 
ya’ni alohida mahsulotning umumiy mahsulotlarning jami ishlab chiqarish 
hajmidagi nisbati o‘zgarishiga olib keladi. Mahsulotlar tuzulmasi bo‘yicha ishlab 
chiqarish rejasining bajarilishi – bu mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish 
hajmidan ularning alohida turlari bo‘yicha rejalashtirilgan hajmiga nisbatini 
saqlash demakdir. 
Mahsulotlar assortiment va ishlab chiqarish tuzilmasining o‘zgarishi barcha 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, qiymat bahosidagi 
ishlab chiqarish hajmi, material sig‘imi, mahsulot tannarxi, foyda va rentabellik 
darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning ulushi oshayotgan 
bo‘lsa, u holda uning qiymat ko‘rinishidagi ishlab chiqarilish hajmi o‘sadi va 
aksincha. Yuqori rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va tegishli ravishda past 
rentabelli mahsulotning ulushi kamayganda ham foyda hajmida ham shunday 
o‘zgarish sodir bo‘ladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga tuzulmaviy o‘zgarishlarning ta’sirini 
“Zanjirli bog‘lanish” usuli bilan hisob-kitob qilish mumkin (14.4-jadval). 


321 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin