R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.2. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish 
darajasining tahlili 
Qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va 
ulardan foydalanish darajasi tahlilida birinchi navbatda, korxonaning mehnat 
resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganiladi va baho beriladi. Buning uchun 
avvalo korxonada hisobot yilidagi mavjud haqiqiy ishlovchilar sonini talab 
qilinadigan ishlovchilar soniga yoki bazis yilidagi soniga solishtirib, ta’minlanish 
darajasi aniqlanadi. U mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Shundan 
so‘ng, korxona xodimlarining strukturasi, ularning o‘zgarishi, o‘zgarish sabablari 
va dinamikasi tahlil qilib o‘rganiladi. 
Quyida qayta ishlash korxonasi hisoblangan “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlil 
qilib o‘rganganimizda quyidagi malumotlarga ega bo‘lindi (15.1-jadval). 
15.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat mehnat resurslari tarkibida biznes rejaga nisbatan bir qator 


344 
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Jumladan, biznes rejaga nisbatan mehnat resurslarining 
jami soni haqiqatda 2 kishiga ko‘paygan. Bunday natijani ijobiy holat sifatida 
baholash mumkin. Chunki, mehnat resurslari tarkibiga etibor qaratadigan bo‘lsak, 
jamiyatda ishchilar soni biznes rejaga nisbatan 5 kishiga yoki 2 foizga va 
mutaxassislar soni 2 kishiga yoki 1 foizga ortgan. Jamiyatda ishchilar va 
mutaxassislar sonining ko‘payishi, albatta ishlab chiqarish samaradorligining 
ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari aholini ish bilan ta’minlashga 
ham hissa qo‘shgan hisoblanadi. 
15.1-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mehnat resurslarining 
tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes rejada 
Haqiqatda 
O‘zgarishi (+;-) 
Soni, 
kishi 
Salmog‘i, 

Soni, 
kishi 
Salmog‘i, 

Soni, 
kishi 
Salmog‘i, 

1. Ishchilar 
160 
80 
165 
82 
+5 
+2 
2. Xizmatchilar 
20 
10 
17 

-3 
-2 
3. Rahbar xodimlar 




-2 
-1 
4. Mutaxassislar 
10 

12 

+2 
+1 
5. Boshqa xodimlar 







Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin