R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mehnat unumdorligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
15.3. Mehnat unumdorligining tahlili 
Mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mehnat unumdorligi deganda 
aniq vaqt birligi (1 kishi-soat yoki 1 kishi-kuni) hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat hajmi tushuniladi.
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bu 1 kishi-soat hisobiga 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, 1 kishi-kuni hisobiga ishlab chiqarilgan 


348 
mahsulot miqdori va 1 ishchi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori kabi 
ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni aniqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan
(15.3-jadval). 
15.3-jadval 
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

1 kishi-soat hisobiga 
ishlab chiqarilgan 
mahsulot 
(Ks) 
Ks = M / S 
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori, S – sarflangan 
jami kishi-soat miqdori 
Bu ko‘rsatkich 1 kishi-soat 
hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdorini ko‘rsatadi 

1 kishi-kuni hisobiga 
ishlab chiqarilgan 
mahsulot 
(Kk) 
Kk = M / K 
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori, K – sarflangan 
jami kishi-kunlari miqdori 
Bu ko‘rsatkich 1 kishi-kuni 
hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdorini ifodalaydi 

1 ishchi hisobiga 
ishlab chiqarilgan 
mahsulot 
(Ki) 
Ki = M / Is 
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori, Is – ishchilar 
o‘rtacha soni 
Bu ko‘rsatkich bir ishchi 
hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdorini ko‘rsatadi 
Mehnat unumdorligining tahlilida mazkur ko‘rsatkichlar aniqlanib, ularning 
bazis yilidagi ko‘rsatkichi bilan taqqoslangan holda o‘zgarishlari aniqlanadi. 
Shundan so‘ng, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarning ta’sir darajalari 
hisob-kitob qilib o‘rganiladi. Tahlil natijalari asosida mehnat unumdorligining 
o‘zgarish sabablari va uning darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. 
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.4-jadval). 
15.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari biznes rejaga nisbatan 
haqiqatda o‘sgan. Jamiyatda biznes rejaga nisbatan bir ishchining yil davomida 
ishlagan kishi-kunlari va kishi-soatlarida yo‘qotilish kuzatilganligiga qaramasdan 
xodimlar soni hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi hisobiga bunday 
natijalarga ega bo‘lingan. Albatta, jamiyatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari 
darajasining o‘sishini ijobiy baholash mumkin. Biroq, tahlilda bunday o‘zgarishlar 
qaysi omillarning ta’siri natijasida yuzaga kelish sabablari o‘rganilishi lozim 
bo‘ladi. Shu sababli, mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri 


349 
ishchining bir soatlik ish unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin