R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.5-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda bir nafar xodimning mehnat 
unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi
(+;-) 

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming 
so‘m 
500000 
577720 
+77720 

Umumiy xodimlar soni, kishi 
200 
202 
+2 

Shu jumladan ishchilar soni, kishi 
160 
165 
+5 

Jami mehnat sarfi, ming kishi-soat 
281,6 
270,3 
-11,3 

Ishchilar sonining umumiy xodimlar 
soni tarkibidagi ulushi, % 
80 
81,7 
+1,7 

Bir ishchining yil davomida ishlagan 
kishi-kunlari, kishi-kuni 
220 
210 
-10 

O‘rtacha ish kunining davomiyligi, 
soat 
8,0 
7,8 
-0,2 

Bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmi, ming so‘m 
1776 
2137 
+361 

Bir nafar xodim hisobiga ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m 
2500 
2860 
+360 
15.5-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatda bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi haqiqatda 
biznes rejaga nisbatan 360 ming so‘mga ko‘paygan. Boshqacha aytganda, mehnat 
unumdorligi darajasi 14,4 (360 × 100 / 2500) foizga oshgan. Buni ijobiy baholash 
lozim. 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda bir nafar xodim hisobiga 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining biznes rejaga nisbatan ko‘payishiga 
yuqorida ta’kidlab o‘tgan omillarimiz ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir 
darajalari hisob-kitoblarga ko‘ra quyidagicha bo‘lgan: 
-
birinchi omil, sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilar 
ulushining biznes rejaga nisbatan haqiqatda 1,7 foizga oshishi bir nafar xodim 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 54 ming so‘mga oshishiga ta’sir 
ko‘rsatgan: 
±∆U
l
=(0,817×220×8×1,776) – (0,80×220×8×1,776)= 2554–2500 = +54 ming so‘m 
-
ikkinchi omil, bir ishchini ishlagan kishi kunlarining biznes rejaga nisbatan 
haqiqatda 10 kunga kamayishi, bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini 116 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 


354 
±∆K
k
=(0,817×210×8×1,776)–(0,817×220×8×1,776)= 2438–2554=-116 ming so‘m 
-
uchinchi omil, ish kuni davomiyligining biznes rejaga nisbatan haqiqatda 0,2 
soatga kamayishi, bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajminining 61 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆K
d
=(0,817×210×7,8×1,776)–(0,817×210×8×1,776)=2377–2438=-61 ming so‘m 
-
to‘rtinchi omil, bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 
biznes rejaga nisbatan haqiqatda 361 ming so‘mga ko‘payishi esa bir nafar xodim 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajminining 483 ming so‘mga kamayishiga 
ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆K
s
=(0,817×210×7,8×2,137) – (0,817×210×7,8×1,776)= 2860–2377= +483 ming so‘m 
Tahlil natijalaridan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyat mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalana 
olmagan. Ya’ni, bir ishchining ishlagan kishi-kunlari va ish kuni davomiyligida 
biznes rejaga nisbatan yo‘qotishlarga ega bo‘lgan. Bu esa, mehnat unumdorligi 
darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, kelgusida mehnat unumdorligini 
oshirish maqsadida yo‘l quyilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash va mehnat unumdorligi 
darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi lozim deb 
hisoblaymiz. Albatta bu jamiyatda kelgusida mehnat unumdorligini oshirish 
imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanish imkonini beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin