R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich (bir nafar xodim



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8. Mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich (bir nafar xodim 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot)ning o‘zgarishiga qanday omillar 
ta’sir ko‘rsatadi? 
A) Ishchilarning umumiy xodimlar soni tarkibidagi ulushining o‘zgarishi, bir 
ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi, ish kuni 
davomiyligining o‘zgarishi va bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmining o‘zgarishi 
B) Ishchilar sonining o‘zgarishi, bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-
kunlarining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi va bir kishi-soatda 


363 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi 
C) Xodimlar sonining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi va bir kishi-
soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi 
D) Ishchilarning umumiy xodimlar soni tarkibidagi ulushining o‘zgarishi, bir 
ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi, ish kuni 
davomiyligining o‘zgarishi va bir ishchining ish unumining o‘zgarishi 
10. Bir ishchi hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori qanday 
aniqlanadi? 
A) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yillik o‘rtacha soniga 
bo‘lish orqali aniqlanadi 
B) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yil davomida ishlagan 
kishi-soatlariga bo‘lish orqali aniqlanadi 
C) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yil davomida ishlagan 
kishi-kunlariga bo‘lish orqali aniqlanadi 


364 
XVI BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR, 
NOMODDIY AKTIVLAR VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH 
TAHLILINING XUSUSIYATLARI 
16.1. Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligining tahlili 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning 
eng muhim omillaridan biri ularning asosiy vositalar bilan yetarli darajada 
ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanishdir. 
Qayta ishlash korxonalarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi 
tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari asosiy vositalar bilan 
ta’minlanganligi va ulardan foydalanish darajasini umumlashtiruvchi va xususiy 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash; 
-
asosiy vositalardan foydalanish darajasining o‘zgarish sabablarini 
aniqlash va baho berish;
-
asosiy vositalardan foydalanishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga 
ta’siri va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblash; 
-
korxonada uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajasini o‘rganish va baho berish; 
-
asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 
Tahlilning asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
biznes-reja ma’lumotlari; 
-
korxonaning texnik rivojlanish rejasi; 
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; 
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari; 
-
asosiy vositalarni qayta baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar (1-qayta 
baholash shakli); 
-
asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkalari; 
-
buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlari 


365 
ma’lumotlari. 
-
loyiha-smeta, texnik hujjatlar va boshqalar. 
Asosiy vositalar tahlilida birinchi navbatda korxonada asosiy vositalarning 
tarkibi, tuzilishi, dinamikasi va holatiga baho beriladi. Shuningdek, uning harakat 
ko‘rsatkichlarini ham tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Mazkur ko‘rsatkichlar 7-bobda bayon qilingan tartibda tahlil qilib o‘rganiladi va 
baho beriladi. 
Shu bilan birga, tahlilda yangi texnikani joriy qilish, yangi obyektlarni ishga 
tushirish, asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiyalash bo‘yicha rejaning 
bajarilishi tahlil qilib o‘rganiladi. Hamda so‘nggi yuqori quvvatga ega bo‘lgan 
avtomatlashtirilgan mashina va uskunalarning, ularning umumiy sonidagi, mashina 
va uskunalarning har bir guruhi bo‘yicha ulushi aniqlanadi.
Bundan tashqari, asosiy vositalarning yosh tarkibi va ma’naviy eskirishini 
tavsiflash uchun
 
asosiy vositalardan foydalanish davomiyligi bo‘yicha guruhlanadi 
(5 yilgacha, 5-10, 10-20-yilgacha va 20-yildan ortiq) hamda mashina va 
uskunalarning o‘rtacha yoshi hisoblanadi. 
Qayta ishlash korxonalarida mashina va uskunalarning holatini tavsiflash 
uchun ular texnik yaroqliligi bo‘yicha guruhlanadi:
-
yaroqli mashina va uskunalar; 
-
kapital ta’mirlashga muhtoj mashina va uskunalar; 
-
hisobdan chiqariladigan yaroqsiz mashina va uskunalar. 
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes reja yoki 
o‘tgan yillarga nisbatan asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi tushuniladi. 
Korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanganligi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan o‘rtacha xodimlar soniga bo‘lish orqali hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich, ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning asosiy vositalar bilan 
qay darajada qurollanganligini, ya’ni bir xodimga qancha asosiy vosita to‘g‘ri 
kelishini ifodalaydi. 


366 
Mazkur ko‘rsatkichning biznes rejaga yoki o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 
darajasi mehnat unumdorligining o‘sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat 
unumdorligining o‘sish darajasi ushbu ko‘rsatkichning o‘sish darajasidan yuqori 
bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganilganda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (16.1-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin