R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.2-jadval 
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun birlamchi 
ma’lumotlar 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
O‘zgarishi
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 
1 Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m 
500000 
577720 
+77720 
2 Mahsulot sotishdan olingan foyda, ming so‘m 
93000 
110344 
+17344 

3.1 
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, 
ming so‘m: 
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
(AVI)
166118 
179800 
+13682 
3.2 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar-ning 
aktiv qismi 
(AVA)
96671 
107880 
+11209 
3.3 Uskuna birligining o‘rtacha yillik qiymati (B) 
24168 
21576 
-2592 
4 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
tarkibida aktiv qismining ulushi (AU) 
0,60 
0,60 

5 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
rentabelligi, % (R
AVI

55,98 
61,37 
+5,39 
6 Mahsulot rentabelligi, % (R
M

18,6 
19,1 
+0,5 
7 Fond qaytimi (FQ), so‘m: 
7.1 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
bo‘yicha (
FQ
I

3,01 
3,21 
+0,2 
7.2 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv 
qismi bo‘yicha (
FQ
A

5,02 
5,36 
+0,34 
8 Texnologik uskunalarni o‘rtacha yillik soni 
(S)


+1 
9 Hisobot davri davomida uskunalarning ishlagan 
vaqti (
V
), soat 
15500 
17160 
+1660 
10 Shu jumladan, bir birlik uskuna hisobida: 
10.1 soat (Bs) 
3875 
3432 
-443 
10.2 smena (Bsm
)
700 
662 
-38 
10.3 kun (Bk) 
350 
345 
-5 
11 Bir birlik uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti 
(Ks) 

1,92 
-0,08 
12 Smenaning o‘rtacha davomiyligi 
(D
), soat 
5,53 
5,18 
-0,35 
13 Bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmi, (Bm),
 
so‘m 
32258 
33667 
+1409 
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining o‘zgarishi 
quyidagi omillar hisobiga sodir bo‘lgan: 
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar umumiy summasida asosiy 
vositalar aktiv qismi ulushining o‘zgarishi; 
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha fond 
qaytimining o‘zgarishi. 
Mazkur omillar ko‘paytmasi asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 


370 
fond qaytimining umumiy hajmiga teng bo‘ladi. Uni quyidagi matematik formula 
ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
FQ
I
= AU × 
FQ
A
, (16.1) 
Fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli 
yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo “Qayta hisoblangan fond 
qaytimi” ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi 
(haqiqatdagi) asosiy vositalar aktiv qismi ulushini bazis yilidagi (rejadagi) asosiy 
vositalar aktiv qismi fond qaytimiga ko‘paytirish kerak: 
FQ
Iq
= AU
1
× 
FQ
A0
= 0,60 × 5,02 = 3,01 so‘m 
Shundan so‘ng, fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob 
qilinadi. 
Birinchi omil, asosiy vositalar aktiv qismi ulushi rejaga nisbatan haqiqatda 
o‘zgarmaganligi sababli, mazkur ko‘rsatkich fond qaytimining o‘zgarishi ta’sir 
ko‘rsatmagan. Fond qaytimining o‘zgarishiga asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha 
fond qaytimining o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun uning haqiqatdagi 
ko‘rsatkichdan “Qayta hisoblangan” ko‘rsatkichini chegirib tashlash lozim: 
±∆FQ
IA
= (AU
1
× 
FQ
A1
) - (AU
1
× 
FQ
A0
)
= (0,60 × 5,36) - (0,60 × 5,02) =
= 3,21 – 3,01 = + 0,2 so‘m 
Demak, asosiy vositalar aktiv qismi fond qaytimining 0,34 ming so‘mga 
oshishi fond qaytimi darajasining 0,2 so‘mga yoki 6,6 foizga oshishiga sabab 
bo‘lgan. 
Tahlil natijalarini analitik jadvalga joylashtirilsa, xulosa chiqarish qulayroq 
bo‘ladi. Chunki, jadvalda barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va omillarning ta’sir 
qilish darajalari aniq ko‘rinib turadi (16.3-jadval). 
Yuqorida asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining 
tahliliga to‘xtalib o‘tdik. Endi esa, fond qaytimining tahlilini asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalarning aktiv qismi va undan foydalanish samaradorligi 
bilan bog‘lagan holda ko‘rib chiqamiz. Chunki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy 
vositalarning aktiv qismi mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi 


371 
mehnat vositalari hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining ortishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin