R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.3-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda asosiy vositalar fond 
qaytimining omilli tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
Haqiqatdagi 
aktiv qismi 
ulushi va 
rejadagi 
aktiv qismi 
qaytimi 
bo‘yicha 
Haqiqat-
da 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Shu jumladan 
omillar ta’siri 
Aktiv 
qismi 
ulushi 
o‘zgarishi 
hisobiga 
Aktiv 
qismi 
qaytimi 
o‘zgarishi 
hisobiga 
1 Asosiy 
ishlab 
chiqarishdagi 
asosiy 
vositalar, ming so‘m 
166118 

179800 
+13682 


2 Asosiy vositalar aktiv 
qismining hajmi, ming 
so‘m 
96671 

107880 
+11209 


3 Ishlab chiqarilgan yalpi 
mahsulot, ming so‘m 
500000 

577720 
+77720 


4 Asosiy vositalar aktiv 
qismining 
ulushi, 
koeffitsiyent 
0,60 
0,60 
0,60 



5 Asosiy vositalar aktiv 
qismining 
qaytimi, 
so‘m 
5,02 
5,02 
5,36 
+0,34 


6 Fond qaytimi, so‘m 
3,01 
3,01 
3,21 
+0,2 

+0,2 
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha (texnologik 
uskuna) fond qaytimi bevosita ularning soni, ish vaqti va o‘rtacha bir soatlik 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq. Mazkur ko‘rsatkichlarning 
ko‘paytmasini asosiy vositalar aktiv qismiga bo‘lish orqali asosiy vositalar aktiv 
qismi bo‘yicha fond qaytimi ko‘rsatkichini aniqlaymiz. Ushbu hisob-kitobni tahlil 
uchun quyidagi matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
FQ
A
= (S × Bs × Bm) : AVA, (16.2) 
Texnologik uskunadan foydalanish samaradorligini chuqurroq o‘rganish 
maqsadida uskuna birligining ish vaqtini (BC) ishlagan kunlar (Bk) soni, smenalik 
koeffitsiyenti (Bsm) va smenaning o‘rtacha davomiyligining (D) ko‘paytmasi 
ko‘rinishida, texnologik uskunaning o‘rtacha yillik qiymatini (AVA) esa 
uskunaning soni (C) va uskuna birligining o‘rtacha qiymatining (B) ko‘paytmasi 


372 
ko‘rinishida taqdim qilinsa, yuqoridagi texnologik uskuna fond qaytimini 
aniqlashning matematik formulasini quyidagi ko‘rinishda kengaytirish mumkin: 
FQ
A
= (S × Bk × Ks × D × Bm) : (S × B), (16.3) 
Ushbu formuladan texnologik uskunalar sonini (C) qisqartiradigan bo‘lsa, u 
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
FQ
A
= (Bk × Ks × D × Bm) : B, (16.4) 
Shunday qilib, yuqoridagi matematik formuladan ko‘rinadiki, asosiy 
vositalar aktiv qismi (texnologik uskuna) bo‘yicha fond qaytimining o‘zgarishiga 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
uskunaning ishlagan kunlari sonining o‘zgarishi; 
-
uskuna ishining smenalik koeffitsiyentining o‘zgarishi; 
-
smenaning o‘rtacha davomiyligini o‘zgarishi; 
-
bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi; 
-
uskuna birligining o‘rtacha qiymatining o‘zgarishi. 
Uskuna fond qaytimining o‘zgarishiga yuqoridagi omillar ta’sirini aniqlash 
uchun “Zanjirli bog‘lanish” usulidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Mazkur usuldan foydalanilganda dastlab shartli uskunaning fond qaytimi 
ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi. 
Fond qaytimining birinchi shartli ko‘rsatkichini aniqlash uchun yuqoridagi 
matematik formuladagi uskuna birligini rejadagi o‘rtacha yillik qiymatining 
o‘rniga uning haqiqiy o‘rtacha yillik qiymatini olish lozim: 
FQ
Ash1
= (Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (350 × 2 × 5,53 × 32258) : 21576000 =
= 124870718 : 21576000 = 5,79 so‘m. 
Keyingi ikkinchi shartli ko‘rsatkichni quyidagi zanjirli almashtirish, ya’ni 
uskunaning haqiqiy qiymati va haqiqatda ishlangan kunlari olinib, qolgan 
omillarning rejadagi miqdorlarini hisobga olgan holda aniqlab olish mumkin: 
FQ
Ash2
= (Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 2 × 5,53 × 32258) : 21576000 =
= 123086851 : 21576000 = 5,70 so‘m. 
Fond qaytimining uchinchi shartli ko‘rsatkichi uskunaning haqiqiy qiymati, 


373 
haqiqatda ishlangan kunlar soni, haqiqatdagi smenalik koeffitsiyenti va qolgan 
omillarning rejadagi darajasi bo‘yicha hisobga olgan holda aniqlanadi:
FQ
Ash3
= (Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 1,92 × 5,53 × 32258) : 21576000 =
= 118163376 : 21576000 = 5,48 so‘m. 
Fond qaytimining to‘rtinchi shartli ko‘rsatkichini aniqlashda bir mashina-
soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ko‘rsatkichi reja bo‘yicha qolgan 
omillarning esa haqiqatdagi ko‘rsatkichi olinadi: 
FQ
Ash4
= (Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 1,92 × 5,18 × 32258) : 21576000 =
= 110684682 : 21576000 = 5,13 so‘m. 
Mazkur shartli ko‘rsatkichlar aniqlab olingandan so‘ng, uskuna fond 
qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob qilinadi. Ya’ni, birinchi 
omilning ta’sirini aniqlash uchun birinchi shartli ko‘rsatkichdan rejadagi 
ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆FQ
AB
= ((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) - ((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
0
) =
5,79 – 5,02 = +0,77 so‘m. 
Demak, uskuna birligining o‘rtacha yillik qiymatini rejaga nisbatan 
haqiqatda 2592 ming so‘mga kamayishi uskuna fond qaytimi darajasining 0,77 
so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Fond qaytimining o‘zgarishiga uskunani ishlagan kunlari sonini 
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun ikkinchi shartli ko‘rsatkichdan birinchi 
shartli ko‘rsatkichni chegirish kerak: 
±∆FQ
ABk
= ((Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) – ((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
5,70 – 5,79 = - 0,09 so‘m. 
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, uskunani ishlagan kunlari sonining rejaga 
nisbatan haqiqatda 5 kunga kamayishi fond qaytimining 0,09 so‘mga pasayishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni, bu uskunaning rejadan tashqari 5 kun davomida bekor 
turib qolishi natijasi hisoblanadi. 
Uskunadan foydalanish smenalik koeffitsiyentining o‘zgarishini fond 
qaytimining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun uchinchi shartli ko‘rsatkichdan 


374 
ikkinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish zarur: 
±∆FQ
AKs
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) – ((Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
5,48 – 5,70 = - 0,22 so‘m. 
Hisob-kitoblardan uskunadan foydalanishning smenalik koeffitsiyenti rejaga 
nisbatan haqiqatda 0,08 koeffitsiyentga pasayishi hisobiga fond qaytimi
0,22 so‘mga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Keyingi omil, smenaning o‘rtacha davomiyligining o‘zgarishi fond 
qaytimining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun to‘rtinchi shartli ko‘rsatkichdan 
uchinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆FQ
Ad
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
) – ((Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
5,13 – 5,48 = - 0,35 so‘m. 
Demak, smenaning haqiqatdagi davomiyligi rejadagidan 0,35 soatga 
pasayishi, fond qaytimini 0,35 so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Fond qaytimining o‘zgarishiga bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi ko‘rsatkichdan 
to‘rtinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish kerak: 
±∆FQ
ABm
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
1
) : B
1
) – ((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
) =
5,36 – 5,13 = + 0,23 so‘m. 
Bundan ko‘rinadiki, bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmining rejaga nisbatan haqiqatda 1409 so‘mga oshishi fond qaytimini 0,23 
so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Barcha omillar ta’sir darajalarining yig‘indisi uskuna fond qaytimining 
umumiy o‘zgarishi 0,34 so‘mga teng bo‘lishi lozim: 
±∆FQ
A
= (±∆FQ
AB
) + (±∆FQ
ABk
) + (±∆FQ
AKC) 
+ (±∆FQ
Ad
) + (±∆FQ
ABm
) =
= (+0,77) + (- 0,09) + (- 0,22) + (- 0,35) + (+ 0,23) = +0,34 so‘m. 
Ushbu omillarning asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond 
qaytimiga ta’siri uskuna fond qaytimining n-omil hisobiga o‘sib borishini asosiy 
vositalar aktiv qismining haqiqiy ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun asosiy 


375 
ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining har bir omil hisobiga 
o‘zgarishini asosiy vositalarning haqiqiy o‘rtacha yillik qiymatiga ko‘paytirish 
zarur.
Mazkur omillarning asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond 
qaytimining va mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siri hisob-
kitobini quyidagi jadval ko‘rinishida keltirib o‘tamiz (16.4-jadval). Unda har bir 
omilning ta’sir qilish darajasi aniq ko‘rinadi va tegishli xulosa chiqarishimiz 
mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin