R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


chiqarish hajmiga ta’sirining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

chiqarish hajmiga ta’sirining tahlili 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga texnologik uskunalardan 
foydalanish darajasining ta’sirini tahlil qilish uchun ularning soni, ish vaqti va 
quvvatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi. Mazkur ko‘rsatkichlar 
ko‘paytmasining natijasi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalaydi. Uni 
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalashimiz mumkin: 
MH = S × Bk × Ks·× D × Bm, (16.5) 
Bunda: MH – mahsulot ishlab chiqarish hajmi; S – uskunalar soni; Bk – bir uskunaning 
ishlagan kunlari soni; Ks – bir uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti; D – smenaning o‘rtacha 
davomiyligi; Bm – bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi. 
Yuqoridagi matematik formuladan ko‘rinib turibdiki, mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining o‘zgarishiga uskunalar sonining, bir uskunaning ishlagan 
kunlari sonining, bir uskuna ishining smenalik koeffitsiyentini, smenani o‘rtacha 
davomiyligining va bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 
o‘zgarishlari bevosita ta’sir ko‘rsatar ekan. 
Ushbu omillarning mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
ta’sirini 16.2-jadval ma’lumotlaridan foydalanilgan holda “Zanjirli bog‘lanish”, 
“Mutlaq va nisbiy farqlar” usullari yordamida hisob-kitob qilib o‘rganish mumkin.
Agarda “Zanjirli bog‘lanish” usuli orqali mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob qilib o‘rganiladigan bo‘lsa, u 
holda birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi shartli 
ko‘rsatkichlar aniqlab olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining birinchi shartli ko‘rsatkichini aniqlash 
uchun haqiqatdagi uskunalar sonini qolgan omillarning rejadagi ko‘rsatkichlariga 
ko‘paytirish lozim: 
MH
sh1
= S
1
×Bk
0
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
= 5×350 × 2·× 5,53 × 32258 = 624354 ming so‘m. 
Keyingi ikkinchi shartli ko‘rsatkich uskunalar soni va bir uskunaning 
ishlagan kunlari sonining haqiqatdagi ko‘rsatkichiga qolgan omillarning rejadagi 
ko‘rsatkichini ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 


379 
MH
sh2
= S
1
×Bk
1
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
= 5×345 × 2·× 5,53 × 32258 = 615434 ming so‘m. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining uchinchi shartli ko‘rsatkichi 
uskunalarning haqiqiy soni, haqiqatda ishlangan kunlar soni, haqiqatdagi smenalik 
koeffitsiyenti va qolgan omillarning rejadagi darajasi bo‘yicha hisobga olgan holda 
aniqlanadi:
MH
sh3
= S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
0
×Bm
0
= 5×345×1,92× 5,53 × 32258 = 590817 ming so‘m. 
So‘nggi to‘rtinchi shartli ko‘rsatkichini aniqlashda bir mashina-soatda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi ko‘rsatkichi reja bo‘yicha qolgan omillarning esa 
haqiqatdagi ko‘rsatkichi olinadi: 
MH
sh4
= S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
1
×Bm
0
= 5×345×1,92× 5,18 × 32258 = 553423 ming so‘m. 
Shundan so‘ng, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarning ta’sir darajalari hisob-kitob qilinadi. Jumladan, uskunalar sonining 
o‘zgarishini ta’sirini aniqlash uchun birinchi shartli ko‘rsatkichdan rejadagi 
ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆MH
S
= (S
1
×Bk
0
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
) - (S
0
×Bk
0
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
) = 624354 - 500000 = 
+124354 ming so‘m. 
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, uskunalar sonining rejaga nisbatan haqiqatda 
1 donaga ko‘payishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini 124354 ming so‘mga 
ko‘payishiga olib kelgan. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga uskunani ishlagan kunlari 
sonini o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun ikkinchi shartli ko‘rsatkichdan 
birinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish kerak: 
±∆MH
Bk
= (S
1
×Bk
1
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
) - (S
1
×Bk
0
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
) = 615434 - 624354 =
- 8920 ming so‘m. 
Demak, uskunani ishlagan kunlari sonining rejaga nisbatan haqiqatda
5 kunga kamayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8920 ming so‘mga 
kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Uskunadan foydalanish smenalik koeffitsiyentining o‘zgarishini mahsulot 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun uchinchi shartli 


380 
ko‘rsatkichdan ikkinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish zarur: 
±∆MH
Ks
= (S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
0
×Bm
0
) - (S
1
×Bk
1
×Ks
0
×D
0
×Bm
0
) = 590817 - 615434 =
- 24617 ming so‘m. 
Bu ko‘rsatkich uskunadan foydalanishning smenalik koeffitsiyenti rejasiga 
nisbatan haqiqatda 0,08 koeffitsiyentga pasayishi hisobiga mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining 24617 ming so‘mga kamayganligidan dalolat beradi. 
Keyingi omil, smenaning o‘rtacha davomiyligining o‘zgarishini mahsulot 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun to‘rtinchi shartli 
ko‘rsatkichdan uchinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆MH
D
= (S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
1
×Bm
0
) - (S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
0
×Bm
0
) = 553423 - 590817 =
- 37394 ming so‘m. 
Demak, smenaning haqiqatdagi davomiyligi rejadagidan 0,35 soatga 
pasayishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 37394 ming so‘mga kamayishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga bir mashina-soatda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi 
ko‘rsatkichdan to‘rtinchi shartli ko‘rsatkichni chegirish kerak: 
±∆MH
Bm
= (S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
1
×Bm
1
) - (S
1
×Bk
1
×Ks
1
×D
1
×Bm
0
) = 577720 – 553423 
= +24297 ming so‘m. 
Bundan ko‘rinadiki, bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmining rejaga nisbatan haqiqatda 1409 so‘mga oshishi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini 24297 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, omilli tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahsulot ishlab 
chiqarish rejasi uskunalar soni va bir mashina-soat davomida mahsulot ishlab 
chiqarilishining ko‘payishi hisobiga oshirib bajarilgan. Uskunaning rejadan 
tashqari butun kun, smena ichida bekor turib qolishlari va smenalilik 
koeffitsiyentining 
pasayishi 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hajmini
70931 (8920 + 24617 + 37394) ming so‘mga yoki rejaga nisbatan 14,2 foizga 
kamayishiga sabab bo‘lgan. Demak, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 


381 
jamiyatda texnologik uskunalardan yanada samaraliroq foydalanish mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishning imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. Shu 
bois, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati texnologik 
uskunalardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni 
ishlab chiqishi lozim. 
 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin