R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.4-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda fond qaytimini omilli tahlil 
qilish natijalari 
№ 
Omillar 
Asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy 
vositalar fond 
qaytimining o‘zgarishi 
yo∆FQ
I
= ∆FQ
An
× AU
1
Mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining 
o‘zgarishi 
yo∆MH = ∆FQ
In
× 
AVI
1

Uskuna 
birligi 
o‘rtacha 
yillik 
qiymatining o‘zgarishi
+0,77 × 0,60 = +0,462 +0,462 × 179800 = +83068 

Uskunani ishlagan kunlari sonining 
o‘zgarishi
-0,09 × 0,60 = - 0,054 
-0,054 × 179800 = -9709 

Uskuna 
ishining 
smenalik 
koeffitsiyentining o‘zgarishi 
-0,22 × 0,60 = - 0,132 -0,132 × 179800 = -23734 

Smena 
o‘rtacha 
davomiyligini 
o‘zgarishi 
-0,35 × 0,60 = - 0,21 
-0,21 × 179800 = -37758 

Bir 
mashina-soatda 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
hajmining 
o‘zgarishi 
+0,23 × 0,60 = + 0,138 +0,138 × 179800 = +24812 
Jami 
+ 0,204 
+36679 
16.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy 
vositalar fond qaytimining va mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
uskunaning ishlagan kunlari soni, uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti va 
smena o‘rtacha davomiyligining o‘zgarishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati mazkur o‘zgarishlar 
sabablarini o‘rganishi va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini izlab topishi lozim. 
Bunday imkoniyatlardan biri sifatida shuni aytish mumkinki, “NAMUNA” 
mas’uliyati cheklangan jamiyatda rejadan tashqari bekor turib qolishlarga yo‘l 
qo‘ymaslik hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni 71201 (9709 + 23734 + 37758) 


376 
ming so‘mga oshirish mumkin. 
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi keyingi 
ko‘rsatkich bu rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 16.2-jadval ma’lumotlariga 
ko‘ra asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining haqiqiy darajasi 
rejadagidan 18,7 foizga past. Bunday o‘zgarishning yuzaga kelishiga asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining va mahsulot rentabelligining 
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalarini “Mutlaq farqlar” 
usuli yordamida aniqlash mumkin. Mazkur usuldan foydalanilganda quyidagi 
hisob-kitoblar amalga oshiriladi: 
1.
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining o‘zgarishiga 
undagi asosiy vositalar qaytimining o‘zgarishini aniqlash uchun fond qaytimining 
haqiqiy darajasidan uning rejadagi darajasini chegirib, natijani mahsulot 
rentabelligining rejadagi ko‘rsatkichiga ko‘paytirish lozim. Ya’ni: 
±∆R
fq
= ∆FQ
I
× R
M0
= (3,21 – 3,01) × 18,6 = +3,79 % 
Demak, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimi haqiqatda 
rejaga nisbatan 0,2 so‘mga ko‘payishi, rentabellik darajasini 3,79 foizga oshishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. 
2.
Mahsulot rentabelligi darajasining o‘zgarishini asosiy ishlab chiqarishdagi 
asosiy vositalar rentabelligining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi 
fond qaytimi ko‘rsatkichini mahsulot rentabelligining haqiqiy darajasidan rejadagi 
darajasini chegirishdan olingan natijaga ko‘paytirish kerak. 
±∆R
Rm
= FQ
I1
× (R
M1 
- R
M0
) = 3,21 × (19,1 – 18,6) = +1,60 % 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulot rentabelligi darajasining rejaga nisbatan 
haqiqatda 0,5 foizga ortishi, asosiy vositalar rentabelligi darajasini 1,60 foizga 
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining 
o‘zgarishiga har ikki omil ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Buning natijasida 
rentabellik darajasining rejaga nisbatan haqiqatda 5,39 foizga oshganligini 
ko‘rishimiz mumkin. 


377 
Yuqoridagi 16.4-jadvalda fond qaytimining omilli tahlilida keltirilgan 
omillarning ham asosiy vositalar rentabelligi darajasiga ta’sirini hisob-kitob qilib 
o‘rganish mumkin. Buning uchun n – omil hisobiga o‘zgargan fond qaytimi 
ko‘rsatkichini mahsulot rentabelligining rejadagi darajasiga ko‘paytirish lozim. 
Mazkur hisob-kitobni quyidagi jadvalda keltiramiz (16.5-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin