R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


“Sharq” fermer xo‘jaligida sut va gusht ishlab chiqarish rentabelligi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

“Sharq” fermer xo‘jaligida sut va gusht ishlab chiqarish rentabelligi 
ko‘rsatkichi to‘g‘risida ma’lumot 
Ko‘rsatkichlar 
Yillar 
Umumiy 
yig‘indisi 






1. 
Sut 
ishlab 
chiqarish 
rentabelligi, % (x
i

17,7 20,5 
12,1 
18,6 
14,0 
13,0 
Σ
x
i
= 95,8 
2. 
Gusht 
ishlab 
chiqarish 
rentabelligi, % (y
i

16,0 19,4 
10,8 
17,4 
13,1 
12,0 
Σ
y
i
= 88,7 
Endi, 
hisob-kitoblarni 
amalga 
oshirish 
uchun 
ma’lumotlarni
5.9-jadval ko‘rinishida quyidagicha ifodalaymiz. 
Korrelyasiya koeffisenti quyidagi matematik formula orqali aniqlanadi: 
r = 
𝛿
𝑥𝑦
2
𝛿
𝑥
𝛿
𝑦
(5.7) 
5.9-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan hisob-kitob 
(
x
i
 - x

(
x
i
 - x
)

(y
i
 - y

(y
i
 - y
)

(
x
i
 - x
) (y
i
 - y

1,7 
2,9 
1,2 
1,5 
2,1 
4,5 
20,2 
4,7 
21,6 
20,9 
-3,9 
15,0 
-4,0 
16,0 
15,5 
2,6 
6,9 
2,6 
6,8 
6,9 
-2,0 
4,1 
-1,7 
2,8 
3,4 
-2,9 
8,7 
-2,8 
7,8 
8,2 
Σ(
x
i
 - x
)
2
= 57,8 
Σ(y
i
 - y
)
2
= 56,4 
Σ(
x
i
 - x
) (y
i
 - y
) = 56,9 
Korrelyasiya koeffisentini aniqlash uchun kerakli bo‘lgan ko‘rsatkichlarni 
quyidagi tartibda hisob-kitob qilish asosida aniqlab olamiz: 
δ
𝑥
= √
∑ (𝑥
𝑖
−𝑥̅)
2
𝑖
𝑛
= √
57,8
6
= 3,10

δ
𝑦
= √
∑ (𝑦
𝑖
−𝑦̅)
2
𝑖
𝑛
= √
56,4
6
= 3,07

δ
𝑥𝑦
2
=
1
𝑛
∑ (𝑥
𝑖
− 𝑥̅)(𝑦
𝑖
− 𝑦̅) =
56,9
6
= 9,49
𝑖

r = 
9,49
3,10 ×3,07
= 0,996
Shundan so‘ng, chiziqli bog‘lanish formulasini (y=a
0
+a
1
x) hisoblashdan 
oldin sut ishlab chiqarish rentabelligining gusht ishlab chiqarish rentabelligiga 
bog‘liqligini quyidagi matematik formulalar orqali aniqlaymiz: 


105 
na
0
+ a
1
Σx
i
= Σy
i
(5.8) 
a
0
Σx
i
+ a
1
Σx
2
i
= Σx
i
y
i
(5.9) 
Yuqoridagi formulalar asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblarni quyidagi 
5.10-jadvalda keltirib o‘tamiz. 
5.10-jadval 
Tahlil uchun zarur hisob-kitob ma’lumotlari 
x
2

312,2 
418,6 
146,2 
346,0 
194,6 
169,5 
Σx
2
i
= 1587,1 
y
2
i
255,9 
377,8 
116,4 
302,4 
172,0 
143,9 
Σy
2
i
= 1368,4 
x
i
y
i
282,6 
397,7 
130,4 
323,5 
182,9 
156,2 
Σx
i
y
i
= 1473,4 
Endi, yuqoridagi (5.8) formuladan foydalanib, a
0
miqdorni quyidagicha 
aniqlab olamiz: 
6a
0
+ 95,8a
1
= 88,7 
a
0
= (88,7 – 95,8a
1
) / 6 = 14,78 – 15,97a

a
0
miqdor aniqlab olingandan so‘ng, (5.9) formuladan foydalanib
a
1
miqdorni quyidagicha aniqlaymiz: 
95,8a
0
+ 1587,1a
1
= 1473,4 
95,8 × (14,78 – 15,97a
1
) + 1587,1a
1
= 1473,4 
57,17a
1
= 57,48 
a
1
= 1,01 
a
1
miqdor aniqlab olingandan keyin, yuqoridagi a

miqdor qanchaga teng 
bo‘lishi aniq hisob-kitob qilib aniqlay olamiz: 
a
0
= 14,78 – 15,97a
1
=14,78 – 15,97 × (1,01) = -1,35 
Yuqoridagi hisob-kitoblar to‘liq bajarilgandan so‘ngina regressiya 
tenglamasini tuzishimiz mumkin. Bizning bajargan hisob-kitoblarimiz asosida 
regressiya tenglamasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: 
y=a
0
+a
1

y = - 1,35 + 1,01x. 


106 
5.4. Moliyaviy tahlilning maxsus usullari 
5.4.1. Moliyaviy hisobotni o‘qish 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 
(yangi tahriri) 22-moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi 
subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining 
moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan 
axborotdan iboratdir. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-
buxgalteriya balansi (1-shakl); 
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl); 
-
pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl); 
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl); 
-
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga 
ajratilgan 
o‘z 
vakolatxonalarining, 
filiallarining 
va 
boshqa 
tarkibiy 
bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini 
kiritishi kerak. 
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. 
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
moliyaviy hisobot shakllari amalda qo‘llaniladi. 
Moliyaviy hisobotlarni o‘qish moliyaviy hisobot shakllarini manzil qismini, 
ya’ni korxona, tashkilotning to‘liq nomi (KTUT), korxona, tashkilot tarmog‘i 
(XXTUT), tashkiliy-huquqiy shakli (THShT), mulkchilik shakli (MShT), 
buysunuvchi vazirlik, idora va boshqa organ nomi (DBIBT), soliq to‘lovchining 
identifikasion raqami (STIR), hududi (MHOBT) va yuridik manzilini o‘rganishdan 


107 
boshlanadi. 
Shundan so‘ng, moliyaviy hisobot shakllari va ularda aks ettirilgan 
ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Jumladan, buxgalteriya balansini (1-shakl) o‘qish 
birinchi navbatda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq: 
-
buxgalteriya balansi to‘g‘ri tuzilganligini o‘rganish; 
-
balans bo‘limlarining to‘g‘ri shakllantirilganligi va ular o‘rtasidagi 
nisbatni o‘rganish; 
-
balansning har bir moddasida berilgan ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri aks 
ettirilganligini o‘rganish; 
-
balansdagi ko‘rsatkichlarning moliyaviy hisobotning boshqa shakllaridagi 
ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro muvofiqligini o‘rganish. 
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha buxgalteriya balansini o‘qish moliyaviy 
tahlilni o‘tkazuvchida xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balansi 
ko‘rsatkichlari to‘g‘ri va aniq shakllantirilganligi to‘g‘risida xulosa qilishga 
yordam beradi. Shuningdek, xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarining 
joylashuvi, mol-mulkining o‘ziga va qarzga olingan qismlarga bo‘linishi hamda 
ularning nisbati o‘rganilishi moliyaviy barqaror yoki moliyaviy qaram xo‘jalik 
yurituvchi subyekt sifatida baholash imkonini beradi. 
Moliyaviy 
natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) ko‘rsatkichlari 
o‘rganilayotganda dastlab, moliyaviy natijalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi 
tekshiriladi. Shundan so‘ng, xo‘jalik yurituvchi subyektni faoliyat turlari bo‘yicha 
qilingan xarajatlari va daromadlari tarkibi o‘rganiladi. Bunda amalga oshirilgan har 
bir xarajat xarajatlar guruhiga to‘g‘ri olib borilganligi va olingan daromadlar 
faoliyat turlari bo‘yicha to‘g‘ri tan olinganligi hamda yakuniy moliyaviy natija 
ko‘rsatkichini buxgalteriya balansi (1-shakl)da to‘g‘ri aks ettirilganligi, ya’ni 
ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligi o‘rganilgan holda baho beriladi. 
Pul oqimlari haqidagi hisobotda (4-shakl) xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy resurslaridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtai-nazaridan aks 


108 
ettiriladi. Mazkur hisobotda pul oqimlari asosan to‘rtta jarayon bo‘yicha sodir 
bo‘ladi: 
-
operasion faoliyatida pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi; 
-
investisiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi va chiqimi; 
-
moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi; 
-
soliqqa tortish (to‘langan soliqlar). 
Ushbu hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini baholashda 
birinchi navbatda unda aks ettirilgan yil boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘i va yil 
oxiridagi pul mablag‘lari qoldig‘i buxgalteriya balansining 270-satrida aks 
ettirilgan pul mablag‘lari summasiga muvofiqligi o‘rganiladi. Keyin esa, yil 
boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘iga faoliyat turlari bo‘yicha kirim qilingan 
mablag‘larni qo‘shish va chiqim qilingan pul mablag‘larni ayirish orqali yil oxiriga 
pul mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘ri aks ettirilganligi tekshiriladi. Shuningdek, pul 
mablag‘lari kirimi bo‘yicha manbalarning, chiqimi bo‘yicha pul mablag‘lari 
harakatlarining tarkibi ham o‘rganilgan holda pul mablag‘larining kirimi va 
chiqimi faoliyat turlari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilganligiga baho beriladi. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda (5-shakl) aks ettirilgan yil boshidagi 
qoldiq (010-satr) va yil oxiridagi qoldiq (110-satr) summalari buxgalteriya 
balansida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar bilan mosligini o‘rganishdan boshlanadi. 
Shundan so‘ng, yil boshidagi qoldiqdan kelib chiqqan holda yil oxiridagi qoldiq 
summasi to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshiriladi. Bunda yil boshidagi qoldiq 
summasi qaysi manbalar hisobiga o‘zgarganligiga o‘rganiladi. 
Umuman olganda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini tahlil 
qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini o‘qiy 
olishi va ularning moddalarini tushunishi hamda o‘rganish natijalaridan kelib 
chiqqan holda tegishli xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi lozim. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin