R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
6.2. Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi tahlili 
Moliyaviy tahlilda korxona moliyaviy holatini tahlil qilib o‘rganishda asosiy 
axborot manbai bu buxgalteriya balansi hisoblanadi. Buxgalteriya balansi korxona 
mulki, kapitali va majburiyatlari hajmini qiymat ifodasida ma’lum sanaga aks 
ettirib beruvchi moliyaviy hisobot shaklidir.


127 
Bugungi kunda amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy ish 
yuritish sharoitlariga mos keluvchi buxgalteriya balansi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
(1-ilova). U ikki qismdan iborat bo‘lib, uning aktiv qismida uzoq muddatli aktivlar 
va joriy aktivlar, passiv qismida esa o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar aks 
ettiriladi (6.1-rasm). 
 
6.1-rasm. Buxgalteriya balansini tuzilishi 
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv jami summalari o‘zaro teng bo‘ladi. 
Buxgalteriya balansining aktiv qismi ikki bo‘limdan iborat: 
-
balansning birinchi bo‘limi “
Uzoq muddatli aktivlar” 
deb nomlanib, 
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich, amortizasiya va qoldiq 
qiymatda, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, uzoq 
muddatli investisiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar hamda 
uzoq muddatli debitorlik qarzlari va boshqa uzoq muddatli aktivlardan iboratdir. 
-
balans aktivining ikkinchi bo‘limi “
Joriy aktivlar” 
deb nomlanib, tovar-
moddiy zaxiralar (tovar-moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarishdagi yaroqsizliklar), kelgusi davr xarajatlari, muddati kechiktirilgan 
xarajatlar, olinadigan schyotlar (xaridor va buyurtmachilarning qarzi, alohida 
bo‘linmalarning qarzlari, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzlari, 
xodimlarga berilgan avanslar, mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan 
avanslar, byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli 
davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning 
ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlari, xodimlarning boshqa operasiyalar 
bo‘yicha qarzlari va boshqa debitorlik qarzlari), pul mablag‘lari (kassadagi pul 
mablag‘lari, hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, xorijiy valyutadagi pul 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin