R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  «Sharq» fermer xo‘jaligida buxgalteriya balansi aktiv moddalarining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.1-jadval 
«Sharq» fermer xo‘jaligida buxgalteriya balansi aktiv moddalarining tahlili 
Mablag‘larning 
tarkibi 
Yil boshiga 
Yil oxiriga 
O‘zgarishi (+, -) 
summa 
ming 
so‘m 
sal-
mog‘i
, % 
summa 
ming 
so‘m 
sal-
mog‘i
, % 
summa 
ming 
so‘m 
sal-
mog‘i, 

Yil 
boshiga 
nisbatan 
o‘sishi % 





6=4-2 
7=5-3 
8=6/2*100 
1. Uzoq muddatli 
aktivlar 
48485 
39 
55732 
34,5 
+7247 
-4,5 
+15 
2. Joriy aktivlar 
76433 
61 
105646 
65,5 
+29213 
+4,5 
+38,2 
shu jumladan: 
2.1 Tovar-moddiy 
zaxiralar 
26190 
21 
26584 
16,5 
+394 
-4,5 
+1,5 
2.2 Pul mablag‘lari 
va qisqa muddatli 
moliyaviy investi-
siyalar 
24729 
19,7 
54377 
33,7 
+29648 
+14 
+119,9 
2.3 Debitorlar 
25514 
20,3 
24685 
15,3 
-829 
-5 
-3,2 
Balans aktivining
jami 
124918 
100 
161378 
100 
+36460 

+29,2 
6.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida 
o‘rganilayotgan davrda jami aktivlari summasi 36460 ming so‘mga yoki 29,2 % ga 
ko‘paygan. Fermer xo‘jaligining jami aktivlari ko‘payishini ijobiy baholagan holda 
jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, xo‘jalik aktivlarining ko‘payishi 
asosan joriy aktivlarning 29213 ming so‘mga ko‘payganligi hisobiga bo‘lgan. 
Fermer xo‘jaligining uzoq muddatli aktivlari ham 7247 ming so‘mga ortganligini 


130 
ham ijobiy baholamoq kerak.
Joriy aktivlar tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yil oxirida yil 
boshiga nisbatan tovar-moddiy zaxiralar 394 ming so‘mga yoki 1,5 %ga 
ko‘paygan. Fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari 29648 ming so‘mga yoki 119,9 % 
ga ortganligini va debitorlik qarzlarining 3,2 % ga yoki 829 ming so‘mga 
kamayishini ijobiy baholash mumkin. Chunki, fermer xo‘jaligida pul 
mablag‘larining bunday tartibda ortib borishi va debitorlik qarzlarining kamayib 
borishi xo‘jalikning aylanma mablag‘lari aylanishini tezlashtiradi, to‘lov 
qobiliyatining yaxshilanishiga olib keladi. Shunday bo‘lsada, fermer xo‘jaligi 
rahbariyati mavjud aktivlardan samarali foydalanish choralarini ko‘rishi lozim deb 
hisoblaymiz. Bu albatta, fermer xo‘jaligining kelgusida moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Shu bilan birga, “Sharq” fermer xo‘jaligining buxgalteriya balansi passiv 
moddalarini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(6.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin