R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

BUXGALTYERIYA BALANSI 
AKTIV 
PASSIV 
Uzoq muddatli 
aktivlar 
Joriy aktivlar 
O‘z mablag‘lar 
manbalari 
Majburiyatlar 


128 
mablag‘lari, boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlar), qisqa muddatli investisiyalar 
va boshqa joriy aktivlardan iborat.
O‘z navbatida buxgalteriya balansining passiv qismi ham ikki bo‘limdan 
iborat: 
-
buxgalteriya 
balansi 
passiv 
qismining 
birinchi 
bo‘limi

O‘z mablag‘lari manbalari” 
deb nomlanib, bunda ustav kapitali, qo‘shilgan 
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar, 
maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezervlar 
aks ettiriladi. 
-
buxgalteriya 
balansi 
passiv 
qismining 
ikkinchi 
bo‘limi 
esa 
“Majburiyatlar”
deb nomlanib, u uzoq muddatli va joriy majburiyatlarga bo‘lib 
o‘rganiladi. Uzoq muddatli majburiyatlarga uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq 
muddatli qarzlar va shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi. 
Joriy majburiyatlar tarkibiga: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schyotlar, alohida bo‘linmalardan qarz, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlaridan qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan (kechiktirilgan) majburiyatlar, muddati o‘tgan 
(kechiktirilgan) boshqa majburiyatlar, olingan avanslar, byudjetga to‘lovlar 
bo‘yicha qarzlar, sug‘urtalash bo‘yicha qarzlar, davlatning maqsadli 
jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, ta’sischilarga qarzlar, mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, 
uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. 
Moliyaviy tahlilda birinchi navbatda buxgalteriya balansi ma’lumotlari 
asosida korxonaning moliyaviy holatiga umumiy baho beriladi. Buning uchun 
buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlarining moddalari tarkibi va tarkibiy 
tuzilishi hamda ularning o‘zgarishi tahlil qilib o‘rganiladi. Ya’ni, moliyaviy 
tahlilda buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalari, ulardagi 
umumiy va tarkibiy o‘zgarishlar har bir qism bo‘yicha alohida o‘rganiladi. 
Moliyaviy tahlil usullaridan foydalanilgan holda buxgalteriya balansi aktiv 


129 
qismining har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha yil oxiridagi summasini yil 
boshidagi summasiga, passiv qismining ham har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha 
yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, tarkibi bo‘yicha 
mutloq va nisbiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Shu bilan birga, uning tarkibiy tuzilishi 
ham tahlil qilib o‘rganiladi. Bunda har bir bo‘lim va moddalarning balans jamiga 
nisbatan salmog‘i aniqlanadi. Shundan so‘ng, yil oxiridagi salmog‘ini yil boshidagi 
salmog‘iga qiyoslanadi va tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi o‘rganiladi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qoidaga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligini 
buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida aktiv moddalarini tahlil qilib 
o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.1-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin