Shu bilan pythonni o'rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko'ramiz.
Buning
uchun windows + R tugmalarini bosamiz va
cmd
buyrug'ini yozin enter tugmasini
bosamiz.
Xosil bo'lgan qora oynada
python –version
buyrug'ini ishga tushiramiz.
Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo'lgan bo'lsa
demak amallar
to'g'ri bajarilgan.
Keyinga darslarimizda biz imkon qadar Linux/Ubuntu operatsiyalar
tizimidan foydalanishga xarakat qilamiz.
Ushbu darsni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi.
1) http://wombat.org.ua/AByteOfPython/
2) http://www.swaroopch.com/notes/python/
Bugun ba'zi savollar va ko'pchilik chalkashtiradigan ikkita mavzuni kengroq
talqinda tushuntirishga harakat qilaman. Ikkala atamalar ham xavfsizlik va tizimga
kirish vaqatida bir-biri bilan hamohang ishlatiladi. Ikkala atama ham Internet bilan
xizmat ko'rsatish infratuzilmasining asosiy bo'laklari sifatida bog'langan juda
muhim mavzular. Biroq, bu ikkita atama mutlaqo boshqacha tushunchalar bilan
bir-biridan farq qiladi. Endi ushbu atamalar nima ekanligini
tushunishga harakat
qilib ko'raylik. Bu ikki atama autentifikatsiya va avtorizatsiya deb nomlanadi.
Autentifikatsiya sizning shaxsingizni tasdiqlashni anglatadi,
avtorizatsiya tizimga
kirish huquqini anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda, autentifikatsiya - bu o'zini
tekshirish jarayoni, avtorizatsiya - bu kirish huquqini tekshirish jarayoni.
Identification (Identifikatsiya)
Dastlab ikki atamani tushunishdan oldin yana
bir muhim atamalardan biri
bo'lgan atama
Identifikatsiya
nima ekanligini bilib olish lozim. Buni oddiy tarzda
tushuntirishga
harakat
qilaman.
Ko'pgina
veb-saytlarga
kirganingizda,
foydalanuvchi nomini kiritasiz (
login
). Agarda siz yangi hisob qaydnomasi
(
profile
) yaratmoqchi bo'lsangiz, sizdan identifikatsiyalash
uchun foydalanuvchi
nomini tanlashingiz so'raladi. Kirish paytida siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu
"Identifikatsiya" dir. Bu shunchaki sizning shaxsingizni tasdiqlash usulidir. Yana
ham oddiyroq aytadigan bo'lsak siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu barcha
ilovalar yoki veb saytlarda so'raladigan login, e-mail
yoki telefon raqamini
tushunish mumkin.
Dostları ilə paylaş: