11-mavzu:
Zamonaviy
dasturlash
texnologiyalari.
Obyektga
yo’naltilrilgan dasturlash tillari
Reja:
1.
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari..
2.
Dasturlash tillari va tizimlari, ularning ishlatilishi va tasnifi.
3.
Dasturlash tillarining asosiy modullari. Dasturlash tizimlarining o’rni,
vazifasi texnik masalalarini yechishda qo’llanishi. JavaScript, Java, Python, Ruby,
PHP, C++, CSS, C#, Objective-C dasturlash tizimlarida dasturiy ilovalar
yaratish
uslublarini o’rnatish.
Tayanch so’zlar va iboralar:
dasturlash tillari, quyi darajadagi DT, o’rta
darajadagi DT, yuqori darajadagi DT, protseduraga mo’ljallangan DT, Paskal,
Basic, C++, C#, Java, C .
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha
tasniflash
mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash
eng umumiy hisoblanadi.
Yuqorida
aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari kompyuterga bog’liq va
kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.
Kompyuterga bog’liq tillar, o’z navbatida kompyuter tillari va kompyuterga
mo’ljallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi
darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Kompyuter tili 0
daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi.
Odamning tabiiy tili
―eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
Kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi: birinchisi
protseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga – muammoga mo’ljallangan tillar.
Protseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni
yechish algoritmlarini
(protseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan. Shuning uchun ular ko’pincha oddiy
qilib ―algoritmik tillar" deb ataladi. Ushbu tillar yechilayotgan masalalar
xususiyatlarini to’la hisobga oladi va kompyuterning turiga deyarli bog’liq emas.
Bu xildagi tillar tarkibi kompyuter
tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz
tiliga yaqinroq.
Hozirgi
kunda hisoblash, muhandis-texnik,
iqtisodiy, matnli va sonli
axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari ma`lum.
Masalan: