III BOB. CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI Sayt bilan ishlash jarayonining soddaligi va qulayligi.
CMSni boshqaruv tizimi har qanday
foydalanuvchiga, bilim darajasidan qat’i nazar, resurslar ustida to‘liq ish olib borish [saytni
boshqarish, ma’lumotlarni tahrirlash, tuzilmani sozlash (bo‘limlarni qo‘shish va o‘chirish)]
imkonini beradi. Bunda sayt strukturasini ishlab chiqish va dasturlash bo‘yicha texnik bilim
yoki ilg‘or ko‘nikmalar talab etilmaydi.
Qisqa vaqt ichida, yuqori tezlikda sayt yaratish imkoniyati.
Dastlab sayt yaratish ko‘p
vaqt talab qiladigan, mashaqqatli jarayon bo‘lgan. CMS ish jarayonining ko‘plab qismi
avtomatlashtirganligi sababli sayt va uning alohida qismlarini yaratishda vaqt sezilarli tejaladi.
Ortiqcha qiyinchiliklarsiz chiroyli dizayn yaratish imkoniyati.
Tizim boshqaruvi sayt
dizayni ustida ishlash va uning tarkibini yaxshilash, yangi elementlarni qo‘shish va
boshqarish imkonini beradi.
Ko‘pfunksionallik.
Zamonaviy boshqaruv tizimi murakkab ko‘p blokli tuzilmaga ega bo‘lib,
ko‘proq konstruktorga o‘xshab ketadi. Bunday universal, moslashuvchan konstruksiya
ixtiyoriy foydalanuvchiga takrorlanmas, o‘ziga xos sayt yaratish imkonini beradi.
Foydalanish huquqini boshqarish.
CMS sayt foydalanuvchilari o‘rtasida rollarni taqsimlash
imkoniyatiga ham ega. Masalan, mehmon sifatida kirgan foydalanuvchi biror-bir sahifaga
izoh qoldirishi mumkin, lekin menyu bloklarini yoki sahifa tarkibini o‘zgartirish huquqiga ega
emas va saytning boshqa elementlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
CMSNING AFZALLIKLARI
Har qanday internet sayti HTML tili, CSS kaskadli stillar jadvali, PHP, JavaScript singari web-
texnologiyalar hamda MySQL kabi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida
yaratiladi. Sayt tarkibida biz ko‘radigan barcha materiallar (matn, rasm, audio, video va b.)
ushbu web-texnologiyalar yordamida sahifada chiqariladi. Ma’lumki, bunday jarayon ushbu
web-dasturlash tillarini yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis tomonidangina amalga oshiriladi.
CMS esa dasturlash tillaridan bexabar foydalanuvchiga ham sayt yaratish va uni boshqarish
imkonini bera oladi.
Tizim himoya qatlamini mustahkamlash zaruratining mavjudligi.
Juda keng
tarqalgan boshqaruv tizimlarining ichki tuzilmalari xakerlar tomonidan o‘rganib chiqiladi,
natijada ularning zaif tomonlari ko‘pchilikka oshkor bo‘lib qoladi. Chunki bunday tizimni
buzish professional xakerlar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
CMSNING KAMCHILIKLARI