Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Yangi Konstitutsiya

 
64-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi har bir 
fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki
muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
 
UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS 
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
65-modda. 
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining 
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini 
rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning 
huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va 
mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va 
huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda 
tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan 
holda mahrum etilishi mumkin emas.
 
66-modda. 


16
Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi, 
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga 
zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini 
hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
67-modda. 
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga 
oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi 
kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
68-modda. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular 
davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni 
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va 
tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin