OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
MUQADDIMA
Biz, Oʻzbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga,
davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib,
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalariga
sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va
qadrqimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq
va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi
yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming
yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa
qoʻshgan buyuk
ajdodlarimizning
ilmiy,
madaniy
va
maʼnaviy
merosiga
tayanib,
mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʻpaytirishga hamda hozirgi va
kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini
saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va
normalariga asoslangan
holda,
Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qoʻshni davlatlar bilan
doʻstona munosabatlarini hamkorlik, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, tinchlik va
totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning
munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo
totuvlikni, koʻp millatli jonajon Oʻzbekistonimizning farovonligini va
gullabyashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda, ushbu Konstitutsiyani qabul
qilamiz va eʼlon qilamiz.
2
BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR
I bob. Davlat suvereniteti
1-modda.
Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” degan nomlari
bir maʼnoni anglatadi.
2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.
Dostları ilə paylaş: |