Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Yangi Konstitutsiya

 
VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar
25-modda.


7
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan 
muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir. Oʻzbekiston 
Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi.
26-modda. 
Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish 
uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, 
gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga 
duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin 
emas.
27-modda. 
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, 
qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda 
cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning
qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq 
muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab 
turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
 
28-modda.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda 
tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan isbotlanmaguncha va 
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb 
hisoblanadi. Ayblanuvchiga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar 
taʼminlanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari 
tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki 
mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini 
isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi 
mumkin.
Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur 
emas.
Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u 
aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada 
boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat 
qilinishi huquqiga ega.
 


8
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar 
uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin