10
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega.
Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat
organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining
faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga
kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
qonun bilan belgilanadi.
38-modda.
Fuqarolar oʻz ijtimoiy faolliklarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga
ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar
oʻtkazilishini toʻxtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: