Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Yangi Konstitutsiya

 
3-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy 
tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi 
siyosatini amalga oshiradi.
 
Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir.
4-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.
 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi millat va 
elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
5-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari 
– bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
6-
modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.
 
II bob. Xalq hokimiyatchiligi 7-modda. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab 
va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan 
qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini 
oʻzlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish


3
hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof 
hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.
8-modda. 
Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining 
fuqarolari tashkil etadi.
 
9-modda. 
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga 
taqdim etiladi, umumxalq ovoziga – referendumga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazish tartibi qonun bilan 
belgilanadi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin