Turistik xizmatlarning xususiyatlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit daraja-sidan
tashqarida bo’lib qoldilar, chunki yagona tovar bo’lib moddiy mahsulot,
aniqrog’i, uning torgina qismi –xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi
munosobatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning
yangi segmentlarini o’zlashtirishni talab etadi.
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va
iste’molchi o’rtasidagi bevosita o’zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi
ehtiyojini qondirish bo’yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi.
Bu tushuncha o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
1.
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o’zaro ta’siri;
2.
Ijrochilarning o’zlari tamonidan xizmat ko’rsatish jarayoni (ya’ni,
ma’lum ishlarni bajarish);
3.
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi»
ko’rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo’yicha
turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha
sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham
mumkin.
Turistik xizmatlarning «To’rtta S» bilan ifodalanishi Turizm xizmat ko’rsatish sohasining tashkil etuvchisi sifatida o’z
xususiyatlariga va funktsiyasiga ega bo’lib, bu uni xo’jalik yuritishning avtonom
sohasi ekanligini belgilaydi. Boshqa xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o’ziga
xos xususiyatlarini shartli ravishda «To’rtta
S » bilan belgilasak quyidagi holatda
bo’ladi:
1.
Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo’lib hisoblanmaydi.
Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo’ladi, chunki
iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini jismoniy, etik,
intellektual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo’yicha xizmatlarni ijro
etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni xarid vaqtida ko’rish yoki baholash mumkin
emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo’lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);