1-MAVZU. «TURIZMNI
REJALASHTIRISH»
FANINING
PREDMETI
VA
VAZIFALARI.
AMALIY MASHG’ULOT REJASI:
1.1.Turizm sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni.
1.2.O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari.
1.3.«Turizmni rejalashtirish» kursining maqsadi va vazifalari.
1.4.Sayohat va turizm tushunchalarning farqi
1.5.Turizm tushunchasi va uning shakllanish tarixi
1.6.Turizm sohasining tasniflanishi
1.7.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar:
Turizm, milliy iqtisodiyot, turist,
sayohat, turistik
xizmatlar, Butunjaxon turizm tashkiloti, Gaaga deklaratsiyasi, turistik aloqalar,
turistik biznes, xalqaro turizm, Buyuk Ipak yo’li, turistik industriya
,
turistik oqim,
ichki turizm, xalqaro turizm, kiruvchi turizm, chiquvchi turizm, rekreatsion
turizm, ilmiy turizm, shop-turlar, sarguzashtli turizm, diniy turizm, ekoturizm,
ijtimoiy turizm, sezilmaslik, saqlanmaslik, sifatning doimiy emasligi.
1.1.
Turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni
Ekspertlarning baholashicha, XXI asrda jahon iqtisodiyotini harakatga
keltiruvchi kuch turizm bo’ladi. 2030 yilga borib dunyoda turistik sayohatlar soni
ikki marta ko’payishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kundayoq foydaliligi bo’yicha
turistik xizmatlar eksporti va importi jahon mahsulot oborotida uchinchi o’rinni
egallamoqda va dunyo ichki yalpi mahsulotida o’ndan bir qismni tashkil qilmoqda.
Iqtisodiy faoliyatning ko’plab sohalari uchun turistik biznesni rivojlantirishning
ahamiyati naqadar kattaligini baholash qiyin. Turizm tashqi iqtisodiy aloqalarda
alohida o’rin tutadi. Undan olinadigan daromadlar xorijga mahsulot va mehnat
chiqarmay turib chet el valyutasini olishning muhim usullaridan biri hisoblanadi.
Turistik biznesni «valyutaning ko’rinmas eksportchisi» deb atalishi bejiz emas.
Turizmdan olinadigan mablag’ tushumlari daromadga aylanadi va iqtisodiyotning
turli sohalarida aylanishda davom etadi.
Eng yirik yuqori daromadli va eng dinamik tarmoqlardan biri bo’lmish,
daromadliligi bo’yicha faqat neft qazib olish va qayta ishlashdan keyin turadigan
turizm, Butunjahon turistik tashkilotining(BTT) taxliliga ko’ra sayyoramiz ishlab
chiqarish-servis bozorining 10 % ini ta’minlaydi. Dunyo ichki milliy
mahsulotining 6%, jahondagi investitsiyalarning 7%, dunyo iste’mol
xarajatlarining 11 %, butun soliq tushumlarining 5–6%, har 16- ishchi o’rni mana
shu mehmondo’stlik sohasiga to’g’ri keladi. Keltirilgan raqamlar turizm sohasi
faoliyat ko’rsatishning bevosita samarasini tavsiflaydi.
Sof iqtisodiy samara bilan birga, bu soha inson hayotiy kuchining qayta
tiklanishi va o’z bo’sh vaqtidan oqilona foydalanishini ta’minlaydi. Ilmiy-texnik
taraqqiyot bir tomondan jismoniy charchashning kamayishiga olib kelgan bo’lsa,
ikkinchi tomondan asabiy zo’riqishlarga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan dam
olishni rejalashtirish va tashkillashtirishning roli oshib bormoqda.
Butunjaxon turizm tashkiloti (BTT) bo’yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yilda
birinchi marotaba turizmni qishloq xo’jaligi, sanoat, ta’lim, ijtimoiy ta’minot
singari ustuvor yo’nalishlar kabi mamlakatni kompleks rivojlantirish rejasining
tarkibiy qismi sifatida chora-tadbirlar qabul qilish zarurligini belgiladi. Shunday
qilib boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat kabi turizm rasmiy ravishda tarmoq sifatida
tan olindi va davlat tamonidan e’tibor qilinishi ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: |