1-mavzu. «Turizmni rejalashtirish» fanining



Yüklə 109,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix16.12.2023
ölçüsü109,06 Kb.
#181823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish (2)

1.2.
 
O’zbekistonda
 
turizmni
 
rivojlantirishning
 
istiqbollari 
O’zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistik jarayonining 
ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, Butun jaxon turistik tashkilot ekspertlarining 
bashorati buni to’la tasdiqlamoqda. 
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, keyingi yillardagi barcha siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy 
beqarorliklarga 
qaramay, 
mamlakat 
turizm 
sohasi 
davlat 
investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish 
hajmini oshirib borayotgan xalq xo’jaligi tarmoqlaridan biridir. O’zbekiston 
zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. 
Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga boy 
tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni 
rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. 
Yuqorida ko’rsatilgan omillarga muhim ahamiyat berilar ekan O’zbekiston 
Respublikasida ham turizm sohasini rivojlantirish borasida bir qator chora tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi va ichki 
muhitning tez o’zgarib turishi munosabati bilan O’zbekiston turizm bozorini 
rivojlantirishda ham bir qator muammolar mavjudligini tan olish zarur. O’z 
navbatida bunday holat turizm tarmog’iga valyuta mablag’lari va mamlakatimiz 
hamda xorijiy investorlar tomonidan qo’yiladigan investitsiyalar hajmining 
kamayishiga olib keladi. Butun dunyoda turizmning rivojlanishi katta foyda 
keltirmoqda va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ko’maklashmoqda. Bu o’z 
navbatida hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim omildir. 
Turizm bozori doimiy rivojlantirish va nazorat qilish asosida boshqarishga 
muhtoj bo’lib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish 
zarur. Shundagina turizm davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi, shuningdek 
ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga yaxshi ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonuni 
turizmni rivojlantirish bo’yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab 
chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog’ining oyoqqa turishi uchun 
me’yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirishni nazarda tutadi.

Yüklə 109,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin