1-mavzu. «Turizmni rejalashtirish» fanining


Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik



Yüklə 109,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix16.12.2023
ölçüsü109,06 Kb.
#181823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish (2)

Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik 
Eng qadimgi sayohatchilar qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni – 
(piligrim)
kiritishimiz aniq. Yangi yer va resurslarga egalik qilish va savdo qilish 
istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki qit’alar tomon 
undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda barcha 
ma’lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Frantsuz tadqiqotchisi 
va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Frantsiya), 
eramizdan avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun 
Yevropa bo’ylab sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o’tib, Norvegiya va 
Islandiyagacha yetib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida»
(On the Ocean)
deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo’lib, unda ko’plab geografik 
yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan. 
1.5. Turizm tushunchasi va uning shakllanish tarixi. 
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi qonunida turizm 
tushunchasiga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: 
Turist - jismoniy shaxsning doimiy 
iste’qomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa 
maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan 
shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat 
qilishi). 
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori 
Tomas 
Kuk
birinchilardan bo’lib sayohatchilarning ommaviy safar 
uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843 yilda u
dastlabki temir yo’l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffakiyatga erishdi. 1851 
yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi 
ko’rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko’rgazmaga 165 ming kishini 
olib kelishga musharraf bo’ldi. Ko’rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, 
Kuk Angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko’rgazmasiga 
ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi bo’ldi. 1856 yildan boshlab 
Yevropa bo’ylab turlar odatiy xolga aylandi, Kukning turistik agentligi va uning 
filiallari tuzildi. Turistik kompaniyaning misli kurilmagan muvaffakiyatga 
erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq 
mehmonxonalarning o’rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk» 
turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi. 


Yevropa va Amerika qit’alari o’rtasida muntazam kema katnovi 1832 yilda 
yo’lga qo’yilgan bo’lib, 1866 yilda Kuk AQSh ga turistlarning dastlabki ikki 
guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo’lib, besh oygacha davom etgan. Tomas 
Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven 
bo’lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu 
sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo’lib industriya asosida 
jahon bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun 
jahon bo’ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot 
etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o’z faoliyat 
sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun 
yo’l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o’z mohiyatiga ko’ra asr ixtirosi - xavfsiz 
pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan 
ortiq turistik agentliklarga ega bo’lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat 
ko’rsatadi. 

Yüklə 109,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin