2. Servisni va iste’molchining o’zaro bog’liqligi. Xizmatlar iste’molchi va
ijro etuvchilarning o’zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik
xizmatlarni ko’rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel
ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tovarlarni ishlab chiqarish, uni
sotuvidan oldin bo’ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi. Yana
bir muhim xususiyatlaridan biri bu turistik tovarlar va xizmatlar iste’moli faqatgina
iste’molchini, ya’ni turistni uning ishlab chiqilgan joyiga olib borilgan holdagina
amalga oshiriladi. Oddiy tovarlar va xizmatlar iste’moli esa teskarisi, ya’ni ishlab
chiqilgan mahsulot joyidan qat’iy nazar tayyor bo’lgach, iste’molchi uni shu
yerning o’zida iste’mol qiladi.
3. Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin
emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi,
xususan saqlash bosqichining mavjud bo’lmaganligi bilan turistik xizmatlarni
saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o’rganishni, talab va taklifni
mutonosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo’lmaganga qadar
«omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko’p hollarda manbaning
holati, uning malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog’liq bo’ladi).
Turistik xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlari ko’rgazmali ravishda 1.1.
rasmda keltirilgan.
Rasm 1.1. Turistik xizmatlarning «To’rtta S» bilan ifodalanishi Sezilmaslik Servis va iste'molchining o'zaro bog'liqligi Saqlanmaslik Sifatning doimiy emasligi
AUDITORIYADA BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: Auditoriyada