4.2-
MAVZU:
TURIZM KORXONALARIDA BIZNES-
REJALASHTIRISH
AMALIY MASHG’ULOT REJASI:
4.2.1.Turistik xizmatlarni shakllantirishda biznes-rejaning tarkibi.
4.2.2.Turizm industriyasi ob’ektlarini biznes rejalashtirish.
4.2.3.Turistik firmalarda biznes reja loyihalari.
Tayanch so’z va iboralar:
Biznes-rejalashtirish, turistik xizmatlar, turizm
industriyasi, turistik firma, tarmoq xususiyati, nomoddiy mahsulot, gid-tarjimon,
ekskursiya, mijoz, turoperator, hududiy hokimiyat, turagentlik, mehmondo’stlik
industriyasi, kempinglar, mehmonxona, restoran, axborot–tahlil xizmati, esdalik
sovg’alar, reklama agentliklari, avtotransport, tarjimonlar byurosi.
4.2.1.Turistik xizmatlarni shakllantirishda biznes-rejaning tarkibi.
Yangi korxona uchun yoki oldindan faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonalar
uchun biznes reja tuzilishiga bog’liq ravishda uning bo’limlarida ba’zi o’zgarishlar
kiritilishi mumkin. Agar korxona oldindan tashkil etilgan va bozorda faoliyat
ko’rsatayotgan bo’lsa, unda “Marketing shaxsiy resurslar tahlili” bo’limida
tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi
xodimlar, ishlab chiqarish quvvatlari, bozor ulushi, korxona nufuzi va moliyaviy
holati, hamda yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatkichlarga kiritilishi mumkin bo’lgan
o’zgarishlar aks ettirilishi zarur.
Agar korxona noldan tashkil etilayotgan bo’lsa, unda uning ta’sischilarini
(agar ular aniqlangan bo’lsa), uni kredit tarixi, faoliyat turlari, moliyaviy holatini
ko’rsatish kerak.
Xizmatlarni ishlab chiqarish va joriy qilish.
Xizmatlar sohasidagi korxonalarni biznes-rejalashtirishning o’ziga xos
xususiyati mavjud, biznes-reja xizmatlarni ishlab chiqarishda uni joriy qilish
jarayonidan aniq ajratish zarur, ya’ni xizmatlarni qaysi davri ishlab chiqarish, qaysi
vaqtdan boshlab joriy uchun tayyor hisoblanishini aniqlash kerak. Ma’lumki,
xizmatlarning moddiy tovardan farqi ishlab chiqarish va xizmatlar iste’moli bir
vaqtda amalga oshirilishi hisoblanadi.
Agar moddiy tovarlar ishlab chiqish jarayoni quyidagi rasm asosida amalga
oshiriladi:
ishlab chiqarish-joriy qilish-iste’mol.
Xizmatlarda esa bu jarayon
birmuncha boshqachadir. Chunki ishlab chiqarish va iste’mol jarayoni bir
vaqtning o’zida amalga oshadi. Natijada mijoz oldindan joriy qilingan xizmatlarni
iste’mol qiladi, ya’ni u oldindan sotib olgan, pulini to’lagan hamda iste’mol
qilishga tayyor bo’ladi. Bu esa kelajakda real farovonlikka aylanuvchi berilgan
va’dalarimizni harid qilib oladi. Bunda turistik xizmatni iste’mol qilishdan olingan
taassurot bilan mijozni taxminiy kutishi o’rtasidagi farq bo’lib, bu turfirmaning
obru-e’tibori hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |