“turmahsulot” yoki “turoperator” tushunchalari ta’rifi bilan to’liq tanish emasligi
ma’lum bo’lmoqda.
Sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasida kerakli shart -sharoitlarni
shakllantirish bo’yicha ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar tashkil etish turizm
soxasiga juda foydali bo’lishi mumkin. Bunda soha bo’yicha davlat boshkaruv
organlari, biznes vakillari (assotsiatsiyalar, jamiyatlar kabi soha jamoatchilik
tashkilotlari) hududiy hokimiyatlarning muvofiqlashtiruvchi harakatlari talab
etiladi. Bunday manfaatdor tomonlarning mavjudligi kerakli investitsion iqlimni
yaratishga asos bo’ladi.
Turizm sohasida chetdan keladigan moliyaviy mablag’larni jalb qilish
bo’yicha ancha murakkabliklarga ega. U nafaqat yuqori o’sish sur’ati, balki har
tomonlama qayta shakllanish bo’yicha harakati bilan tez rivojlanadi. Turistik
xizmatlar to’lab berishlik qobiliyatiga ega bo’lgan talabga qaratilgan bo’lib, sohaga
sezilarli moliyaviy oqimlar kelib tushadi. Bundan tashqari ba’zi hududlarda turizm
rivojlantirilsa u asosiy sohaning biriga aylanib katta daromad olib kelishi mumkin.
Soha muammolarini hal etish bo’yicha ixtisoslashtirilgan moliya institutlarini
(birinchi navbatda banklar va investitsiya fondlari) tashkil etish turizmni
rivojlantirishdan manfaatdor bo’lgan barcha tomonlarni qoniqtiradi. Bu narsa
nafaqat turistik tashkilotlar balki moliyaviy tashkilotlar uchun ham qiziqish
uyg’otishi mumkin. Moliyaviy tashkilot, masalan, bank birinchidan, soha bo’yicha
mutaxassis-moliyachi o’rin birligi joriy etib unga soha xususiyatini chuqur bilgan
mutaxassisni jalb etishi, ikkinchidan o’z faoliyati davomida turistik bozorda
bemalol haraktlanish uchun kerakli bo’lgan va chet ellik hamkorlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni to’plab muhim xulosalar chiqarishi mumkin.
Moliya tashkilotlari uchun turizm sohasining yana bir qiziqtiradigan tomoni
keng qamrovli sug’urgalash faoliyatidir. Buni hisobga olgan holda moliya-sanoat
guruhiga sug’urta firmasini kiritish maqsadga muvofiq bo’lib u bilan hamkorlik
qilish bank uchun ham foydali bo’ladi.
Turistik sohaning moliviy soha bilan uzviy bog’liqligini asoslab o’tirishga
hojat yo’q. Faqat turistik soha iivestitsiyalar uchun «buyurtmachi» sifatida
moliyachilar bilan uzviy aloqada bo’lishi o’z zimmasiga olishi kerak. Gap turistik
sohaning ma’lum bir yo’nalishiga bank tomonidan xizmat ko’rsatilishiga emas
(bunday masalalar «korxona-bank» ko’rinishida amalga oshiriladi) balki «turizm
sohasi-mablag’lar» hamkorligi to’g’risida bormoqda. Shuning uchun sohani uning
umumiy manfaatdorligini aks ettiruvchilar tashkil etishi kerak. Bularga soha
assotsiatsiyasi, davlat boshqaruv organlari vakillari misol bo’la oladilar.
Dostları ilə paylaş: