www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
– deydilar. Yoki «Shaytonga ergashdim, nafsga bo’ysundim», – deb uzrxohlik qilishadi.
Demak, nafsga ergashmaslik uchun musulmon ramazonda bir oy ta’lim oladi. Qanday
ta’lim oladi? Suv ichmaslik, ovqat yemaslik, xotiniga yaqinlashmaslik orqali bilim va
malakasini oshiradi. Ya’ni Alloh imtihon qilish va tarbiyalash uchun inson farzandining
ichiga eng jozibali, eng kuchli orzularni qo’ygandirki, bularni bajarmang, qani bir
ko’raylik-chi nima bo’ladi demoqda. Ularni qilmaslik bilan inson taqvoni, ehtiyotkorlikni
o’rganadi.
Endi quyidagi oyati karimaning ma’nosi anglashilayotgandir?
«...Sizlardan ilgari o’tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham ma’lum
kunlarda ro’za tutish farz qilindi».
Chunki, ularning ham ishlari xuddi shunday...
Uning ham nafsi bor, agar nafsiga hokim bo’lsa, yaxshi inson bo’ladi. «Shoyad saqlana
oladigan, saqlanishni bajara oladigan, nafsiga hokim bo’la oladigan insonlar
bo’lsangiz...»
Shuni unutmaylikki, aziz birodarlarim, ro’za faqat shakliy ibodat emas... Balki, ro’zadan
asl maqsad ruhiyatni poklash, taqvoni kuchaytirishdir.
Misrlik bir imom domladan:
«Misrliklar Qur’oni karimni juda ham chiroyli o’qiydilar, bizga biror oyat o’qib
bermaysizmi!» – deb iltimos qildik.
«O’qiyman, lekin bir shartim bor. Marhamat qilib, Qur’oni karimni quloqlaringiz bilan
emas, balki qalblaringiz bilan tinglang!» dedi u.
Chunki ko’p insonlar quloq bilan eshitadilar, ammo qalb quloqlari eshitmay qoladi.
Bolaga otasi nasihat qilganida u eshitmaydimi? Eshitadi. Unday bo’lsa, nega yana
yomonlik qildi?.. Demak, to’la qabul qila olmagan. Biz buni bir qulog’idan kirib,
ikkinchisidan chiqib ketdi, deymiz. Aslida u qabul qila olmadi, eshita olmadi. Demak,
anglay olmadi, eshitganni esa amalga oshirish lozim! Eshitganini qalbiga joylashtirishi
lozim! Ibrat nazari bilan ko’rishi lozim, ko’rganini esa qalbga naqsh qilishi lozim!
Shu sababdan ham imom domla «Men Qur’on o’qiyman, ammo, iltimos, meni
quloqlaringiz bilan emas, qalbingiz bilan eshiting!» deb bejiz aytmagan. Xuddi
shuningdek, muhtaram birodarlarim, siz ham ro’zani shakliy tutmang, och qoldim,
suvsadim deb o’ylamang! Ro’zaning ma’nosiga yetishga, uning ma’naviy tarbiyasini
olishga harakat qiling!
Ro’za sizu bizni irodasi kuchli taqvodor inson holiga keltiradigan ish-harakatdir. Ta’bir
joiz bo’lsa, ro’za asrlar bo’yi davom etib kelgan ilohiy zamonaviy ish- faoliyat deyish
mumkin...
Yigirmanchi asr insoni qidirib topolmagan iroda tarbiyasini ro’yobga chiqaruvchi ishdir.
Lekin, afsuski, ba’zilar kechgacha ro’zasini tutishiga qaramay, iftorlikda birinchi bo’lib
og’zini ochadi va shosha-pisha og’ziga sigaret oladi. Bu qanaqasi bo’ldi endi?
Saqlansang-chi, chidasang-chi? Kuni bilan ro’za tutib chidadi, ammo shomga kelib
ahdiga vafo qilmadi. Ro’za ta’lim-tarbiyasini davom ettirolmadi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Dostları ilə paylaş: |