www.ziyouz.com kutubxonasi
22
yo’lga noil bo’lishni nasib etsin.
Bihurmati asrori suratil fotiha.
3 fevral 1995/ 3 Ramazon 1415 RO‘ZADORNING MUKOFOTI A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin!
Rasuli Muhammad Mustafo alayhi afzalus-salovot va akmalut-tahhiyyot vat-taslimot
hazratlariga Parvardigorimizning o’zi ehtiromlarimizni yetkazsin. Shafoatlariga
hammamizni noil qilsin.
Hadisi shariflarda bayon etilishiga ko’ra ramazon oyining boshi – rahmat, o’rtasi –
mag’firat. Namoz o’qib, ro’za tutgan kishining mukofotlari ko’payadi va mag’firatga
erishadi. Oxiri esa najot – jahannamdan ozod bo’lishdir. Musulmonning gunohlari sababli
do’zaxga tushish ehtimolining yo’q bo’lishidir. Ya’ni jahannam tahlikasini o’zidan
uzoqlashtiradi va:
«Bas, kim do’zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt saodatga) erishgay». Bu go’zal oy uch muborak oyning oxiri, hosilot zamoni va haqiqatdan ham
o’n bir oyning sultonidir.
Ibn Abbos roziyallohu anhu faqih bir sahoba bo’lib, «Abodilai arbaa»da kelgan to’rt
Abdullohdan biri. Undan: «Oylarning eng xayrlisi qaysi biri?» deya so’raganlarida, U
kishi: «Oylarning eng xayrlisi bu – ramazon oyi» – deb javob bergan ekanlar.
Abu Zarr G’iforiydan roziyallohu anhu shunday rivoyat qilinadi:
Ramazon oyining hiloli ko’ringan vaqt Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Agar insonlar ramazon oyidagi mukofotlar, savoblar, ne’matlar va rahmatlarni
bilsalar edi, ramazonning yil bo’yi davom etishini xohlagan bo’lardilar».
Hammamiz bir oz ro’za tutamiz va kechalari ko’p rakaatlar namoz o’qiymiz. Buning
mukofoti juda ham buyuk! Buning qiymatini bilganlar haqiqatda ham Payg’ambar
alayhissalom aytganlaridek: «Qani endi yil davomi ramazon ro’zasi bo’lsa edi», – deb
orzu qildilar.
Demakki, bu oyni qancha ehtirom qilsak, qancha sevsak va unda qancha g’ayrat qilsak,
shuncha oz. Shunday go’zal bir oyga yetishib turibmizki, Allohga hamdu sanolar
aytmaslikning iloji yo’q!
Bu hadisi shariflarni men Abdulqodir Giloniy hazratlarining «Gunyatut tolibin» nomli
kitobidan o’qiyapman. Bu kitobni juda yaxshi ko’rib, doimo o’zim bilan olib yuraman.
Chunki Abdulqodir Giloniy avliyoullohning eng buyuklaridan, qodiriya tariqatining piri,
ulug’ olim, Payg’ambar alayhis-salomning sulolalaridan. Bu kitobda ro’za oyiga maxsus