Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
Muhammad alayhissalomning izidan yuramiz, chunki najot faqat uning yo’lidan 
bormoqdir. Barcha diniy ilmlarning manbai u Zoti bobarakotning hadisi shariflarida 
jamdir. Qur’oni karimni Alloh ularga tushirdi, vahiy ularga keldi va u zot bizga 
yetkazdilar. Ya’ni Qur’oni karim U zot orqali bizga yetib kelgan. Demak, Payg’ambarimiz 
sallallohu alayhi vasallam va u kishining bizga topshirib ketgan sunnatlari boshimizning 
toji ekan. Unga loqayd qarash mumkin emas. Qur’oni karim menga yetadi, deyish 
mumkin emas. Chunki vahiyning mohiyatini aqllar qamrab ololmaydi. Rasululloh 
sallallohu alayhi vasallam sunnatlari bu – Qur’onning izohi, sharhi, tafsiri va mujassam 
bir o’rnagi. Bir hadisi sharifda aytiladi: 
Ya’ni: Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: (Navmus soimi 
iba’datun). Ro’zadorning mukofotiga qarang! «Ro’za tutgan kishining uyqusi ham 
ibodat». Ro’zador charchaydi, holsizlanadi, bir ozgina shu yerda cho’zilay, deydi. Axir, 
buning yozi bor, qishi bor, issig’i bor, sovug’i bor... Uzun-uzun kunlari bor... 
Stokgolmga bordik. Shimoliy Qutbga yaqin bo’lgan joylar. Qish mavsumi soat 9larda 
bomdod namozi bo’ladi. 12ga yaqin peshin, 13ga yaqin asr, 15larda shom namozi 
o’qiladi. Yozda esa umuman teskarisi: Tarovih namozini o’z vaqtida o’qish ham ancha 
qiyin. U yerda oddiy ishchi bo’lib ishlaydigan birodarlarimiz maxsus qozonlarda temir 
eritib qaynatadilar. «Ustoz! Issiqlik 60-70 gradus bo’lganda ko’zoynakni taqamiz va 
narsalarni eritib qaynatamiz. Shunday qilib, kemalar yasayapmiz» – deb aytgan edilar. 
Ular shunday og’ir sharoitda ham ro’za tutishlariga to’g’ri keladi va o’z navbatida, uzun 
tunlarda dam olishlari kerak. Kechasi hech ham uxlay olmayaptilar. Shom namozini 
masjidda o’qiydilar. Iftorlik qiladilar. Xufton namozini tarovih bilan o’qiydilar. Keyin 
ozgina nafaslarini rostlab suhbat qiladilar va bomdod namozi kiradi, uni o’qib, yana 
ishga ketadilar. Haqiqiy fidokor insonlar. Albatta, kunduzi ish tugaganidan keyin dam 
olishlari lozim. 
(Navmus-sa’imi iba’datun). «Ro’zadorning uyqusi ham ibodat». (Va samtuhu’ tasbi’hun). 
«Gapirmasligi, sukut saqlashi tasbeh bo’lar ekan». «Subhanalloh» deganidek. To’yib 
gaplasha olmaganligi uchun biroz kayfiyati qochadi. Ana shundagi sabri-sukuti ham 
savob ekan. Ro’za insonni chiroyli qilib qo’yadi. 
Uyqusi ibodat, sukut saqlashi tasbeh: (Va dua’uhu’ mustaja’bun). «Duosi esa maqbul 
ekan». Ro’zadorning duosi ijobat. Chunki u Alloh yaxshi ko’rgan banda bo’lishga 
intilayotir. U Alloh uchun kunduzi yeyish, ichish va oilaviy munosabatdan uzoqlashadi. 
Alloh uchun nafsining kuchli orzularini tark etadi. U Alloh uchun fidokorlik qilganligi 
sababli ham Alloh uni sevmoqda va duosi ijobat bo’lmoqda. Bunday fursatda 
ro’zadorning duosini olishga harakat qilish, uning ko’nglini olish lozim, unga ehson qilib, 
iftorlik qildirish, shunday yo’llar bilan uning mustajob duosini olishga harakat qilish 
zarur! 
(Va amaluhu muza’afun). Qilgan amalining savobi ham orttirib beriladi. Ya’ni, 
ramazonda qilgan ibodatlari, boshqa vaqtlarda qilgan ibodatlari bilan bir xil bo’lsa ham, 
ramazondagi savobi yetmish marta ortiq. Bu ozmuncha farq emas, juda ham yaxshi bir 
mukofot. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin