Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
34
sizdan?» 
«Adashib qolmayin deb, noto’g’ri ish qilib qo’ymayin deb, haqni o’rganaman deb, diniy 
mavzulardagi mushkulotlaringizni olimlaringizdan so’radingizmi?» 
«Chunki shubhasiz Men sizning shaklu shamoyilingizga va chiroyingizga qaramayman». 
Molu dunyongiz bor ekan, martabangiz baland ekan, har xil chiroyli sifatlaringiz bor 
ekan, naslu nasabingiz toza ekan. Lekin ular meni qiziqtirmaydi. Yuzingiz ham, 
suratingiz ham va sizning yaxshi vasflaringiz ham meni qiziqtirmaydi, men ularga nazar 
tashlamayman. Faqatgina qalblaringizga boqaman! Qalbingiz qanday – pokmi, unda sof 
niyatlar bormi o’zi, shunga e’tibor beraman va niyatlaringizga qarayman. 
«Mana shu aytib o’tganlarimni, men xohlagan shaklda bajarsangiz, mening rizoligimni 
toping! Bu vasflar orqali Meni rozi qiling!» – deb buyurmoqda Alloh taolo. 
Alloh taolo shu muborak ta’lim-tarbiya oyida, taqvoni o’rganish oyida, ibodat oyida, 
rahmati jo’sh urgan oyda; avvali rahmat, o’rtasi mag’firat, oxiri esa jahannamdan ozod 
bo’lish oyida hammamizni tafviqoti samadoniyasiga mazhar aylasin! Bu tabarruk oyning 
xayru barakotidan foydalanib, Alloh sevgan taqvodor solih bandalar holiga kelishni nasib 
aylasin! Yomon axloqlarimizni tark etib, go’zal xulq egasi bo’lishimizni nasib etsin! 
Bihurmati asrori suratil fotiha... 
7 fevral 1995 / 7 Ramazon 1415
TAVBAGA SHOSHILING
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m. 
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. 
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd 
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor 
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va 
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha 
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Alloh taoloning quyidagi amrini Hazrat Payg’ambarimiz naql etadilar: 
«Ey Odam o’g’li! Ichingda tavba qilishdan gapirasan, o’ylaysan, niyat ham qilasan
ammo qachon tavba qilasan? Nega uning vaqtini kechiktirasan? Oxiratga ishonasan, 
lekin nima uchun oxirat uchun harakat qilishni orqaga surasan?»
Biz hammamiz Odam alayhissalom avlodlaridan bo’lganligimizdan, bu xitob 
hammamizga tegishli. Binobarin, bu savol har birimizni jiddiy o’ylantirishi lozim. Lekin 
yaxshi niyati boru uni amalga oshirishga harakat qilmayotgan odamlar bu savol haqida 
yanada ko’proq bosh qotirsinlar. Ko’pincha odamlar «Mening ko’nglim toza, niyatim pok. 
Asosiysi – shu. Qolgan ishlar – tavba, namoz, ro’za—ikkinchi darajali narsalar. Ha, endi, 
ertami-kechmi, bular ham amalga oshib qolar», – deb o’zlarini yupatib yuradilar. O’z-
o’zingizga, nafsingizga aldanib qolmang, birodar! Agar yaxshi niyatu ko’ngil pokligining 
o’zi yetarli bo’lsaydi, Alloh bizlardan yaxshi niyatlaringni qachon amalga oshirasan
qachon astoydil tavba qilasan, deb so’ramagan bo’lardi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin