Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1.
EIHlarni tashkil etishning dastlabki vaqti qaysi davrlarga borib taqaladi? 
2.
EIHlar rivojlanishi tarixida o„ziga xos bosqichlar nimalardan iborat bo„lgan? 
3.
EIHlar rivojlanish tarixida tadbirkorlarga qanday imtiyoz va qulayliklar 
taqdim etilgan? 
4.
EIHlar dastlabki tashkil etilishi va rivojlanishida qaysi davlatlar alohida o„rin 
egallagan va sababi nimada? 
5.
EIHlar rivojlanishining so„nggi bir necha o„n yillikdagi tarixi haqida 
nimalarni bilasiz? 
6.
EIHlar rivojlanishida MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday o„rin 
egallaydi? 
 
1.4.
Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishi maqsadlari va ularning 
jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni 
EIHlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega 
bo„lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga 
qaratilgan bo„ladi.
O„z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad 
hisoblanmaydi. 
Ko„pgina 
hollarda, 
EIHlar 
mamlakat 
milliy 
iqtisodiyoti 
rivojlanishning umumiy strategiyasiga qo„shilib ketadi. EIHlarni tashkil qilishdan 
umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo„lgan makroiqtisodiy masalalarni 
yechimiga qaratilgan bo„ladi: 
-
iqtisodiy o„sish darajasini tezlashtirish; 
-
sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish; 
-
ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to„yintirish.
Biroq, bu maqsadlarga to„g„ridan-to„g„ri erishish har doim ham amalga 
oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha, EIHlar bu masalani xalqaro bozorga 
mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishini ko„payishi hisobiga 
hal qilish imkonini beradi. Xuddi mana shu vaqtning o„zida EIHlar qabul qilayotgan 
mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda 
mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat 


23 
ko„rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda 
marketing tizimida yetakchi malakaga ega bo„lish imkonini beradi, zamonaviy 
infratuzilmani yaratadi. 
Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday EIH doimiy rivojlanishda bo„ladi. 
Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u 
rivojlanishning yuqori bosqichida bo„ladi, bu esa, o„z navbatida, EIH oldida turgan 
maqsadlarning o„zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi.
EIHning maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga, strategik yo„nalishlariga va ularni amalga oshirish 
imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va 
maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farq qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun AQShda, Buyuk Britaniyada, 
Fransiyada EIHlar, ko„pincha, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, 
mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali depressiv tumanlardagi kichik va o„rta 
biznesni jonlantirishga va buning natijasida hududlararo rivojlanish farqlarini 
yo„qotish, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarga yordam berish 
maqsadida tuzilgan. Xuddi mana shu maqsadlarda bu yerda faoliyat yuritayotgan 
ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga qaraganda, 
faoliyat erkinligi va anchagina sezilarli moliyaviy imtiyozlar berilgan. Bu dasturlar 
xorij kapitalini jalb qilish yo„nalishlariga ega emas edi.
Shularga o„xshash maqsadlarda EIHlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ham 
tashkil etilgan. Biroq, ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardan farqi shundaki, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHni, eng avvalo, xorij kapitalini, texnologiyasini 
jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishchi kuchi kvalifikatsiyasini 
oshirish maqsadlarida tashkil qilingan.
Yuqorida aytib o„tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda 
yana uch asosiy masalaga e‟tibor qaratiladi: 
-
ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijasida valyuta kirib kelishini 
ta‟minlash; 
-
ish bilan bandlik ko„rsatkichini oshirish; 
-
hududni xo„jalikda yangi usullarni qo„llash bo„yicha poligonga aylantirish va 
milliy xo„jalikning o„sishiga erishish. 
Shuni ham e‟tiborga olish kerak, rivojlanayotgan mamlakatlar EIHlarni 
faqatgina xorij investitsiyalarini jalb qilish maqsadidagina tashkil qilmaydilar. 
Ko„rsatiladigan turli xildagi imtiyozlar xorij kapitalining kirib kelishiga yo„l ochib 
beradi, ular yordamida esa mamlakatlar o„zlarining bir qancha maqsadlarini amalga 
oshiradilar – milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, markazdan yiroqroqda 
joylashgan, iqtisodiy qoloq tumanlarni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, Davlat 
budjetiga doimiy ravishdagi qo„shimcha daromad manbalarini yaratish. Mamlakat 
xorij investitsiyalariga butunlikcha yo„l ochib berishni istamagan holda yoki 
investitsiyalarni ma‟lum bir sohaga yo„naltirish niyatida mamlakatning ba‟zi erlarida 
EIHlarni tashkil qiladi. 
Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha turli mamlakatlarda EIHlar turli 
maqsadlarga erishish yo„lida tashkil qilinadi. Shunga ko„ra, ularni quyidagilarga 


24 
ajratish mumkin: 
Birinchidan, mamlakatda EIHni tashkil etishning asosiy maqsadi, mamlakatni 
xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanish jarayoniga chuqurroq jalb qilish. Bu erda gap 
raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning eksport qilishni 
yanada ko„paytirish to„g„risida boradi. Bu esa o„z navbatida, mamlakatga valyutani 
ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi. Agarda mamlakat qandaydir sabablarga ko„ra 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kirib keladigan xorij kapitallariga keng 
iqtisodiy erkinlik yaratib bera olmasa, u bunga EIHni tashkil etish yo„li bilan erishishi 
mumkin. Va shundagina mamlakat hukumati xorij investorlari uchun qulay sharoit 
yaratishga erishadi. 
Ikkinchidan, EIHni tashkil qilishning yana bir maqsadi, mamlakat ichki bozorini 
import tovar o„rnini bosa oluvchi sifatli mahsulot bilan to„yintirish. Bunga erishish 
uchun EIHda xorij kapitali yordamida import o„rnini bosa oluvchi tovar ishlab 
chiqarish tashkil qilinadi. 
Uchinchidan, maxsus iqtisodiy hudud tashkilotchilari xalqaro savdo bozorida 
faqatgina ishlab chiqarish liniyasi bo„yicha ishtirok etishga e‟tibor beribgina 
qolmaydi, undan tashqari, turizm sohasiga, madaniyat sohasiga, sanatoriya-kurort 
sohasiga ham e‟tibor qaratadi. Bular esa mamlakat hududiga valyutani yanada 
ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi. 
To„rtinchidan, EIHning maqsadi mamlakatda mahalliy hamda chet el ilmiy-
texnikasining ishlab chiqarishda tezroq va keng ko„lamda qo„llanishini ta‟minlash, 
kelajakda ulardan samarali foydalanish va ularning natijalarini mamlakat milliy 
iqtisodiyoti rivojida aks ettirish. 
Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil qilinadigan EIHning 
maqsadi mamlakatdagi ishchi kuchini, injinerlarni, xo„jalik ishdagilarni va boshqaruv 
faoliyatini olib boruvchi kadrlar tayyorgarliklarini va malakasini oshirish. 
Oltinchidan, EIHning muhim maqsadlaridan biri – bu ma‟lum bir hududdagi 
iqtisodiyotning rivojlanishiga yoki aniq bir tarmoqning rivojlanishiga turtki bo„lish. 
Masalan, AQSh va Buyuk Britagiyada EIHlar o„tgan asrning 50-yillaridan keng 
tashkil qilina boshlagan. Ularning maqsadi depressiv tumanlarda kichik va o„rta 
biznesni rivojlantirish edi. Bu maqsadga erishish uchun, butun mamlakat 
hududlaridan ko„ra, bu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga moliyaviy 
imtiyozlar va xo„jalik faoliyatini yuritish uchun bir qancha yengilliklar berilgan. Bu 
rivojlantirish dasturi to„g„ridan-to„g„ri xorij kapitalini o„ziga jalb qilish uchun 
tuzilmagan. 
Xuddi mana shu maqsadlarda kamroq rivojlangan mamlakatlarda ham EIHlar 
tashkil qilingan, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarda tashkil qilingan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish maqsadlari ishlab chiqarish 
bo„yicha rivojlangan mamlakatlardan farq qilgan holda asosiy e‟tibor xorij kapitalini 
jalb qilishga ko„proq qaratalgan bo„ladi. 
Yettinchidan, ba‟zi-bir mamlakatlarda EIHga ma‟lum bir mintaqani 
zamonaviylashtirish, rivojlantirish usuli kabi qaraladi. EIH mamlakatda hukum 
surayotgan iqtisodiyotning qaysidir turidan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o„tishga 
yordam beradi. Misol uchun, Xitoyda EIH (u yerda maxsus iqtisodiy hudud deb 


25 
ataladi) tajribaviy ijtimoiy xarakterga ega. Bu mamlakatda ma‟muriy iqtisodiyot 
tizimidan birdaniga, “yoppasiga” bozor iqtisodiyotiga o„tish noto„g„ri deb bilingan. 
Chunki, bu xalq uchun katta zarba bo„ladi, buning natijasida esa, albatta, iqtisodiyot 
katta talofat ko„radi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham bu erda bozor 
iqtisodiyotining afzalliklari EIHni tashkil qilish orqali ko„rilmoqda. EIHlarning 
amaliyotda qo„llanilishi bozor iqtisodiyotining, davlat mulkiga asoslangan 
iqtisodiyotdan ko„ra samarali ekanligini isbotlab bermoqda.
Shuni ta‟kidlab o„tish lozimki, EIHlarni tashkil qilishdan maqsadlar aniq 
ko„rsatilishi kerak. Bu talabning bajarilishi, xo„jalik faoliyatini olib boruvchi 
subyektlarga beriladigan imtiyozlar tizimini to„g„ri belgilashga yordam beradi.
Bu guruhga kiruvchi mamlakatlardagi EIHlarning faoliyati ko„pinchalik alohida 
strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan bo„ladi. Jumladan, jahon bozorida milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro iqtisodiy aloqalardagi 
xomashyo eksportiga ixtisoslashganlikdan voz kechish, hududni xo„jalik yuritishning 
yangi usullarini sinash poligoniga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligiga 
integratsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli xildagi EIHlarning ustuvor maqsadlari 
sifatida alohida hududiy loyihalarni amalga oshirish orqali milliy iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash natijasiga erishish vazifasi qo„yiladi. Aynan shu narsa ko„p 
davlatlarni, hatto, EIHlarning iqtisodiy samaradorligi boshqa investitsion loyihalarga 
nisbatan rentabellik darajasi kamroq bo„lganda ham EIHlarni tuzishga bo„lgan 
ehtiyojni belgilaydi. Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlarning 
iqtisodiyotni bilvosita modernizatsiyalash samarasi nihoyatda muhim. Chunki, ular 
tadbirkorlik madaniyatining o„sishiga, turmush tarzining yangi standartlarini 
shakllantirishga, yangi texnologik jarayonlarning paydo bo„lishiga olib keladi.
O„tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda EIHlarni tuzish maqsadlari, ko„p jihatdan, 
rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o„xshashdir. Masalan, Rossiyada EIHlarning 
tashkil etilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: 

mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb etish; 

tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish; 

eksport salohiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko„paytirish; 

ham chet el, ham milliy ilmiy yechimlarni va “nou-xau”larni joriy qilish 
hisobiga ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal tadbiq etishni ta‟minlash; 

hudud miqyosida yangi xo„jalik yuritish usullarni sinab kurish. 
Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, dunyo xo„jaligidagi turli guruhlarga tegishli 
mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilishdan maqsadlari har xil bo„lishiga qaramay, ular 
ba‟zi-bir umumiylikka ega. Ularni iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik maqsadlarga 
bo„lish mumkin (1.2-jadval). 
Shunday qilib, EIHlarni turli mamlakatlarda tashkil qilish, umuman olganda, bir 
xil maqsadlarga qaratilgan bo„ladi: EIHdagi hamda undan tashqaridagi aholining ish 
bilan bandligini ta‟minlash; ichki bozorda faoliyat yuritayotgan mahalliy 
korxonalarga to„sqinlik qilmagan holda EIHda eksportga mo„ljallangan yangi ishlab 
chiqarishlarni tashkil qilish. Bundan tashqari, iqtisodiy jihatdan ortda qolayotgan 
tunmalarga turtki berishga harakat qilish, yangi “nou-xau”larni qo„lga kiritib, eskirib 


26 
qolgan texnikalarni modernizatsiyalash, o„z mutaxassislari va ishchilariga 
mehnatning zamonaviy usullarini o„rgatish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 
mahalliy xomashyolardan keng va samarali foydalanish. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin