19
bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSH dollariga teng bo’lgan
ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya
ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSH dollaridan kam
bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish
ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma
korxonalarning keragidan
ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish
bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi
korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy
kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari
bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar
ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan
talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda
xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: